Rossiyalik sharhlovchi Shomurodovning “Jenoa”ga o‘tishi borasida fikr bildirdi

© Sputnik / Irina Motina / Mediabankka o‘tishRossiyskiy telekommentator, prezident Assotsiatsii sportivnoy pressi Sankt-Peterburga Gennadiy Orlov
Rossiyskiy telekommentator, prezident Assotsiatsii sportivnoy pressi Sankt-Peterburga Gennadiy Orlov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eldor Shomurodov Italiyaning “Jenoa” klubi asosiy tarkibida mustahkam o‘rin ololishiga telesharhlovchi Gennadiy Orlovning ishonchi komil.

TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Eldor Shomurodov Italiyaning “Jenoa” klubi asosiy tarkibida mustahkam o‘rin ololadi va muxlislarni  o‘yini bilan maftun qiloladi. Bunga rossiyalik telesharhlovchi Gennadiy Orlovning ishonchi komil.

Eldor Shomurodov - Sputnik O‘zbekiston
Shomurodov yaqin kunlarda Italiyaga keladi – “Jenoa” direktori

“O‘zbek zamini futbol iste’dodlarini ham dunyoga keltirmoqda. Eldor qayerda bo‘lmasin Samarqandda yoki Toshkentda Yevropaga o‘ynashga ketadigan o‘yinchi bo‘lib yetishish mumkinligini anglash uchun eng yaxshi misol. Bu boshqa sportchilar uchun stimul”, - dedi u Sputnik nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik futbolchi to‘p surayotgan “Rostov” klubi Italiyaning “Jenoa” klubi bilan hujumchi transferi borasida kelishuvga erishgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0