Qozog‘iston 5-oktabrdan yangi mamlakatlar bilan parvozlarni tiklamaydi

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Mediabankka o‘tishAeroport Astani
Aeroport Astani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston hukumati 5-oktabrdan boshqa mamlakatlar bilan parvozlarni qayta tiklashni vaqtincha to‘xtatib qo‘yishga qaror qildi.

TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Qozog‘iston 5-oktabrdan boshqa mamlakatlar bilan parvozlarni qayta tiklashni vaqtincha to‘xtatib qo‘yadi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qilmoqda.

“Qozog‘istonga infeksiya olib kirilishining oldini olish maqsadida idoralararo komissiya joriy yil 5-oktabridan quyidagi qarorga keldi: boshqa mamlakatlar bilan aviaqatnovlarni qayta tiklashni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish, aviaqatnov tiklangan mamlakatlar bilan reyslar sonini ko‘paytirmaslik, Turkiyaga reyslar sonini qisqartirish”, - dedi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy.

Qozog‘iston SSV yangi mamlakatlar bilan avia-reyslarni qayta tiklamaslikni taklif qildi

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, aviaqatnov tiklangan mamlakatlardan kelayotganlar uchun quyidagi majburiy talablar o‘rnatiladi: haroratni o‘lchash, anketa to‘ldirish, so‘nggi 72 soat ichida koronavirusga topshirilgan test tahlili.

Agar ma’lumotnoma bo‘lmagan taqdirda mamlakatga kelganlar COVID-19 ga laboratoriya tahlilini o‘tkazish uchun ikki kungacha karantin statsionarida yakkalanadi.

Muqobil talablar YeOII mamlakatlari va O‘zbekiston bilan davlat chegarani avtomobilda va piyoda kesib o‘tayotganlar uchun ham qo‘llaniladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston SSV yangi mamlakatlar bilan muntazam parvozlarni qayta tiklamaslikni taklif qilgani edi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston 11-sentabrdan rasman muntazam parvozlarni qayta tiklagan.

Yangiliklar lentasi
0