Jamiyat

Nukusda shifokorlar Kanada standartlari boʻyicha oʻqitiladi

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk / Fotobankka oʻtishStudentka na zanyatii v meditsinskom universitete
Studentka na zanyatii v meditsinskom universitete - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kanada Xalqaro qirollik kolleji Oʻzbekiston tibbiyot OTMlari oʻqitish dasturini akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan yakunlanadigan amaliy ishga tayyor ekanligini tasdiqladi.

TOSHKENT, 2 okt - Sputnik. Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti bazasida Kanda standarti boʻyicha oʻqitish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu haqida Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi habar qilmoqda. 

Ushbu loyiha Milliy palata koʻmagida hamda Kanadaning Royal College Canada International щыuv muassasi yordamida amalga oshiriladi. 

Uch tomon ishtirokidagi onlayn forum davomida Kanada Xalqaro qirollik kolleji Oʻzbekiston bilan Oʻzbekiston tibbiyot OTMi va oʻqitish dasturini akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan yakunlanadigan amaliy ishga tayyor ekanligini tasdiqladi. Bu esa shifokorlarga Kanadada va Kanada taʼlimi tan olingan mamlakatlarda ishlash imkonini beradi, deyilgan xabarda.

2019 yil oxirida Milliy palata va Kanadaning Xalqaro qirollik kolleji tomonidan Oʻzbekistonda tibbiyot sohasi mutaxassislarini Kanada standarti boʻyicha oʻqitish imkoniyatlarini yaratish maqsadida oʻzaro anglashuv  Memorandumi imzolangandi.

Yangiliklar lentasi
0