Jamiyat

Toshkent shahrida yana 276 ta maktabda anʼanaviy darslar yoʻlga qoʻyiladi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Fotobankka oʻtishVozdushnыe sharы na prazdnichnoy lineyke v moskovskoy obщeobrazovatelnoy shkole No117 v Den znaniy.
Vozdushnыe sharы na prazdnichnoy lineyke v moskovskoy obщeobrazovatelnoy shkole No117 v Den znaniy. - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent shahridagi boshqa umumiy oʻrta taʼlim maktablari sanitar va tibbiy tayyorgarligi holatidan kelib chiqib, oʻz faoliyatini anʼanaviy tarzda boshlagunga qadar onlayn tarzda, yaʼni "Onlayn-maktab" loyihasi doirasidagi amalga oshiradi.

TOSHKENT, 3 okt - Sputnik. 2 oktyabrdan Toshkent shahrida 276 ta umumtaʼlim maktabida anʼanaviy darslar yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar XTBB matbuot xizmati.

Pandemiya va oʻqish - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Pandemiya vaqtida oʻqish qanday tashkil qilinadi?

Avvalroq, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari, tibbiyot birlashmalarining xulosalari, oʻqituvchilarni koronavirus koʻrsatkichi hamda Xalq deputatlari tuman Kengashlarining tegishli qarorlari bilan pandemiya sharoitida Toshkent shahridagi umumtaʼlim muassasalarida taʼlim jarayonlarini bosqichma-bosqich 2020 yil 14 sentyabrdan 268 ta taʼlim muassasalari anʼanaviy tarzda oʻz faoliyatini boshlagani toʻgʻrisida xabar bergan edik.

2020 yil 2 oktyabr holatiga Toshkent shahridagi 318 ta umumtaʼlim muassasalaridan quyidagi 276 tasi anʼanaviy tarzda faoliyat koʻrsatadi:

Toshkent shahridagi boshqa umumiy oʻrta taʼlim maktablari sanitar va tibbiy tayyorgarligi holatidan kelib chiqib, oʻz faoliyatini anʼanaviy tarzda boshlagunga qadar onlayn tarzda, yaʼni "Onlayn-maktab" loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali dars mashgʻulotlarini amalga oshiradi.
Fursatdan foydalanib, yana bir bor ota-onalardan mazkur jarayonga masʼuliyat bilan yondoshishlarini, anʼanaviy shaklda faoliyatini boshlayotgan maktablar jamoasidan sanitariya qoidalariga qatʼiy rioya qilish, farzandlarimiz va yaqinlarimiz salomatligini saqlashlarini soʻrab qolamiz.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala