Tojikiston va Afgʻoniston Markaziy Osiyoning yirik daryolarini qoʻriqlaydi

© AP Photo / Massoud HossainiAmudarya
Amudarya - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikiston Afgʻoniston bilan Panj va Amudaryo havzasining togʻ ekotizimi atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi.

TOSHKENT, 3 okt — Sputnik. Tojikiston va Afgʻoniston oʻrtasida atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisida memorandum imzolandi, deb xabar bermoqda BMT Xabarlar xizmati.

Flagi Uzbekistana i Tadjikistana - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Aripov oʻz vaqtida suv yetkazib berilgani uchun Tojikistonga minnatdorlik bildirdi

Ikki mamlakat oʻrtasidagi yangi hujjat Panj va Amudaryo havzalarining umumiy togʻ ekotizimini muhofaza qilish boʻyicha hamkorlikdagi ishlarga asos boʻlib xizmat qiladi.

"Bitim Afgʻoniston va Tojikistonga iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish va bioxilma-xillikni saqlashga qaratilgan qarorlarni birgalikda qabul qilish imkoniyatini beradi. Umid qilamizki, kelajakda ushbu hamkorlik Amudaryo havzasining boshqa mamlakatlarida ham davom etadi", dedi YUNEPning ofatlar va mojarolar masalalari boʻyicha dasturi rahbari Garri Lyuis.

Imzolangan bitim besh yilga moʻljallangan boʻlib, u beshta asosiy masalani oʻz ichiga oladi: iqlim oʻzgarishi, bioxilma-xillikni saqlash, suv sifatini monitoring qilish, atrof-muhitni baholash va ekotizimlarni boshqarish boʻyicha bilim va tajriba almashish.
Taʼkidlash joizki, mamlakatlar oʻrtasidagi muzokaralar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit dasturi (YUNEP) koʻmagida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi shafeligida oʻtkazildi.

Xususan, mamlakatlar qoʻshma loyihalarni ekologik baholashlari va atrof-muhitga transchegaraviy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan taqdirda bir-birlarini xabardor qilishlari shart.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala