Buxoroda paxta ortilgan yuk mashinasining tirkamasi yonib ketdi

© Press-slujba GUBDD MVD UzbekistanaV Buxarskoy oblasti sgorel pritsep s xlopkom
V Buxarskoy oblasti sgorel pritsep s xlopkom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Fuqaro G‘.E.ga tegishli bo‘lgan tirkama va uning ichida bo‘lgan past navli paxta yonib ketgan.

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Buxoro viloyati Peshku tumanida paxta ortilgan yuk mashinasining tirkamasida yong‘in chiqdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

2020 yilning 2 oktabr kuni soat 17:34 da Gazli shahar IIB navbatchilik qismiga tushgan xabarga ko‘ra, tuman hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 393-kilometrida 40 yoshli haydovchi A.T. boshqaruvidagi yuk mashinasining tirkamasida yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

© Press-slujba GUBDD MVD UzbekistanaV Buxarskoy oblasti sgorel pritsep s xlopkom
Buxoroda paxta ortilgan yuk mashinasining tirkamasi yonib ketdi - Sputnik O‘zbekiston
V Buxarskoy oblasti sgorel pritsep s xlopkom

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Fuqaro G‘.E.ga tegishli bo‘lgan tirkama va uning ichida bo‘lgan past navli paxta yonib ketgan.

Avtomobil tirkamasi po‘lat ustunlarining bir-biriga tegib, mexanik uchqun hosil qilishi, uchqunning tez yonuvchi mahsulot ustiga tushishi oqibatida yong‘in kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda. Hozir moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Holat yuzasidan Peshku tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0