Dunyoda

Koronavirus yuqtirib olgan Pyotr Poroshenko kasalxonaga yotqizildi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishEks-prezident Ukrainы, deputat Verxovnoy radы Ukrainы Petr Poroshenko
Eks-prezident Ukrainы, deputat Verxovnoy radы Ukrainы Petr Poroshenko - Sputnik Oʻzbekiston
Ukrainaning sobiq prezidentiga ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Uni Kiyevdagi kasalxonalardan birida davolashadi.

TOSHKENT, 4 okt — Sputnik. Koronavirus bilan kasallangan Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda uning turmush oʻrtogʻi Marina Poroshenko maʼlum qildi.

“Bugun erim va qizimiz COVID-19 ga qarshi kurashmoqda. Pyotr Alekseyevich Kiyevdagi koronavirus bemorlarini davolaydigan shifoxonalardan biriga yotqizildi. Erimda oʻpkaning ikki tomonlama shamollashi boʻlishiga qaramasdan, u kuchli irodaga ega va buni kasallikka qarshi kurashda koʻrsatmoqda”, - dedi u “Yevropa birdamligi ” partiyasining Facebook᾽dagi sahifasida joylashtirilgan videomurojaatida. 

Pyotr Poroshenko 29 sentyabr kuni koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqani va uyida davolanayotganini maʼlum qilgan edi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Ukrainada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 226,4 ming nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 100 ming nafari tuzalib ketgan. 4397 kishi esa virus qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala