Dunyoda

Merkel Putin, Tramp va Makronning Togʻli Qorabogʻga oid bayonotini qoʻllab-quvvatladi

Germaniya kantsleri Angela Merkel Qorabogʻda davom etayotgan toʻqnashuv va qurbonlar soni oʻsishidan xavotir bildirdi.

TOSHKENT, 4 okt — Sputnik. Germaniya kantsleri Angela Merkel Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali suhbatlashdi. Suhbat chogʻida Togʻli Qorabogʻda mojaroning keskinlashishi muhokama qilindi.

“Kantsler davom etayotgan toʻqnashuv va qurbonlar soni oʻsishidan xavotir bildirdi. U barcha tomonlar zudlik harbiy harakatlarni toʻxtatishi va muzokaralarni qayta tiklashishi lozimligini taʼkidladi”, - dedi GFR Vazirlar mahkamasi vakili Ulrike Demmer.

Situatsiya v Nagornom Karabaxe - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin, Tramp va Makron Qorabogʻdagi vaziyatga oid qoʻshma bayonot berdi

“U YEXHTning Minsk guruhi hamraislarining (Rossiya, AQSH va Frantsiya) 1 oktyabrdagi bayonotini har tomonlama qoʻllab-quvvatladi”, - dedi Demmer. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Shuningdek, Merkel qarama-qarshi tomonlar  harbiy harakatlar hududidan halok boʻlganlarning tanasini olib chiqish uchun gumanitar tanaffus borasida kelishib olishi tarafdori ekanini maʼlum qilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya, AQSH va Frantsiya prezidentlari Togʻli Qorabogʻdagi vaziyatga oid qoʻshma bayonot bergan edi. Ular mintaqadagi keskinlikni qatʼiyan qoralashdi va tomonlarni zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirishdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala