Rossiya

Rossiyada bir kunda 10 mingdan ziyod kishi koronavirus bilan kasallandi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishVrachi obxodyat patsiyentov v reanimatsii
Vrachi obxodyat patsiyentov v reanimatsii  - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyada aniqlangan yangi COVID-19 holatlari ilk bor may oʻrtasidan buyon 10 mingdan oshdi. Umumiy bemorlar soni 1 215 001 nafarga yetdi.

TOSHKENT, 4 okt — Sputnik. Rossiyada aniqlangan yangi COVID-19 holatlari ilk bor may oʻrtasidan buyon 10 mingdan oshdi. Bu haqda koronavirusga qarshi kurashish shtabi maʼlum qildi.

Oʻtgan kun davomida Rossiyada 10 499 ta koronavirus bilan kasallanish aniqlangan. 107 kishi vafot etgan. 3284 kishiga esa kasalxonadan javob berilgan.

Tsentr krovi imeni O.K. Gavrilova prinimayet donorskuyu plazmu COVREC - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yetti hududda yana 183 kishida koronavirus aniqlandi

Yangi kasallanish holatlari Rossiyaning barcha mintaqalarida qayd etilgan. Eng koʻp Moskvada 3327 ta aniqlangan. Sankt-Peterburg (392) va Moskva viloyati (296) keyingi oʻrinlarda.

Rossiyada koronavirus yuqtirib olganlarning umumiy soni 1 215 001 nafarga yetdi. Shulardan 979 143 nafari tuzalib ketdi. 21 258 kishi virus qurboniga aylandi.

Moskvada Moskvada ish beruvchilarga xodimlarining 50 foizini majburiy tartibda masofaviy ishlashga oʻtkazish belgilangan. Bundan tashqari, Moskvada maktab oʻquvchilari 5 oktyabrdan 18 oktyabrga qadar ikki haftalik kuzgi taʼtilga chiqadi. Moskva meri Sergey Sobyanin COVID-19 bilan kasallanish koʻpaygani sabab shunday qaror qabul qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala