Jamiyat

Samarqandda toʻy va marosimlar faqat bir kun oʻtkazilishi belgilandi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovRestoran. Arxivnoye foto
Restoran. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Kengash qaroriga koʻra, toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar faqat bir kun soat 06:00 va 23:00 oraligʻida 30 nafar ishtirokchi bilan oʻtkazilishi belgilandi.

TOSHKENT, 4 okt — Sputnik. Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining oʻn uchinchi sessiyasida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish tartibi koʻrib chiqildi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Kengash qaroriga koʻra, karantin davrida respublika maxsus komissiyasi qaroriga qatʼiy rioya qilgan toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar faqat bir kun soat 06:00 va 23:00 oraligʻida 30 nafar ishtirokchi bilan oʻtkazilishi belgilandi.

Svadba na Vorobyevыx gorax - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Senat: karantinda dabdabali toʻy qilayotgan yulduzlar uchun jarima yetarli chora emas

Qarorga muvofiq, toʻy oʻtkazuvchi shaxslar toʻydan kamida bir hafta oldin yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (mahalla)ni xabardor qilishi zarur.

Shuningdek, milliy anʼanalarga yot “kelin navkari”, “chorlar”, “ota koʻrdi”, “sep yoydi”, “quda chaqirdi”, “kuyov chaqirdi”, “kelin chaqirdi”, “togʻora yuborish” kabilarni oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Dafn etish va motam marosimlari bilan bogʻliq ortiqcha tadbirlar -“yetti”, “payshanbalik”, “yakshanbalik”, “yigirma”, “qirq”, “hayit”, “yil oshi”, “pul tarqatish”, “mato ulashish” kabilarni oʻtkazish taʼqiqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala