Madaniyat

Toshkentda “Mendirman Jaloliddin” serialining taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi

© Telegram / Saida MirziyoyevaPrezentatsiya istoricheskogo seriala “Mendirman Djaloliddin”
Prezentatsiya istoricheskogo seriala “Mendirman Djaloliddin” - Sputnik Oʻzbekiston
Jaloliddin Manguberdiga bagʻishlangan “Mendirman Jaloliddin” serialining taqdimot marosimi bulib oʻtdi. Serial Turkiyaning “Bozdag film” kompaniyasi tomonidan suratga olingan.

TOSHKENT, 4 okt — Sputnik. Toshkentda sarkarda, Chingizxondek yovga mardonavor qarshi chiqqan Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdiga bagʻishlangan “Mendirman Jaloliddin” serialining taqdimot marosimi bulib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston va Turkiya madaniyat va sanʼat arboblari, Oʻzbekiston hukumati vakillari, diplomatik korpus vakillari  ishtirok etdi.

Loyiha tashkilotchilari Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi, Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, “Best organizer” MCHJ. Serial Turkiyaning “Bozdag film” kompaniyasi tomonidan suratga olingan.

© Press-slujba Minkulturы UzbekistanaPrezentatsiya istoricheskogo seriala “Mendirman Djaloliddin”
Toshkentda “Mendirman Jaloliddin” serialining taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi - Sputnik Oʻzbekiston
Prezentatsiya istoricheskogo seriala “Mendirman Djaloliddin”

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov taqdimot marosimida “Mendirman Jaloliddin” kinofilmi oʻzbek xalqini dunyoga tanitadigan  yuqori saviyada yaratilgan  keng qamrovli ilk tarixiy asar sifatida eʼtirof etilishiga shubha yoʻqligini taʼkidladi.

Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva ham film borasidagi fikrlarini bildirib oʻtdi.

“Bugun ushbu serialning birinchi qismini namoyish qildik. Albatta, bu serial turli bahs, munozara, balki tanqidlarga ham uchrar. Biz bunga tayyormiz. Biz fikrlar xilma-xilligini qoʻllab-quvvatlaymiz. Har bir fikrni hurmat qilamiz. Va nima boʻlganida ham, oldimizga qoʻygan har bir rejamizni oxiriga yetkazamiz. Bu loyihani ham uddalay oldik, deb oʻylayman”, - deya yozdi telegram kanalida Saida Mirziyoyeva.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala