Toshkentda “Mendirman Jaloliddin” serialining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi

© Telegram / Saida MirziyoyevaPrezentatsiya istoricheskogo seriala “Mendirman Djaloliddin”
Prezentatsiya istoricheskogo seriala “Mendirman Djaloliddin” - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jaloliddin Manguberdiga bag‘ishlangan “Mendirman Jaloliddin” serialining taqdimot marosimi bulib o‘tdi. Serial Turkiyaning “Bozdag film” kompaniyasi tomonidan suratga olingan.

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Toshkentda sarkarda, Chingizxondek yovga mardonavor qarshi chiqqan Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdiga bag‘ishlangan “Mendirman Jaloliddin” serialining taqdimot marosimi bulib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston va Turkiya madaniyat va san’at arboblari, O‘zbekiston hukumati vakillari, diplomatik korpus vakillari  ishtirok etdi.

Loyiha tashkilotchilari O‘zbekiston Madaniyat vazirligi, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, “Best organizer” MChJ. Serial Turkiyaning “Bozdag film” kompaniyasi tomonidan suratga olingan.

© Press-slujba Minkulturi UzbekistanaPrezentatsiya istoricheskogo seriala “Mendirman Djaloliddin”
Toshkentda “Mendirman Jaloliddin” serialining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston
Prezentatsiya istoricheskogo seriala “Mendirman Djaloliddin”

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov taqdimot marosimida “Mendirman Jaloliddin” kinofilmi o‘zbek xalqini dunyoga tanitadigan  yuqori saviyada yaratilgan  keng qamrovli ilk tarixiy asar sifatida e’tirof etilishiga shubha yo‘qligini ta’kidladi.

Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ham film borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugun ushbu serialning birinchi qismini namoyish qildik. Albatta, bu serial turli bahs, munozara, balki tanqidlarga ham uchrar. Biz bunga tayyormiz. Biz fikrlar xilma-xilligini qo‘llab-quvvatlaymiz. Har bir fikrni hurmat qilamiz. Va nima bo‘lganida ham, oldimizga qo‘ygan har bir rejamizni oxiriga yetkazamiz. Bu loyihani ham uddalay oldik, deb o‘ylayman”, - deya yozdi telegram kanalida Saida Mirziyoyeva.

Yangiliklar lentasi
0