Jamiyat

Toshkentda issiqlik taʼminotiga haq toʻlash tartibi oʻzgartiriladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishChempionat professionalnogo masterstva po standartam WorldSkills Russia v Kazani
Chempionat professionalnogo masterstva po standartam WorldSkills Russia v Kazani - Sputnik Oʻzbekiston
Qayd etilishicha, isitish davrining bir kuniga 1 kv.m isitish maydoni uchun tarif 142 soʻm miqdorida belgilandi.

TOSHKENT, 4 okt — Sputnik. Toshkent shahrida markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun isteʼmolchilar bilan hisob-kitoblar isitish davrining har bir kuniga 1 kv.m isitiladigan maydon hisobida toʻlash tizimiga oʻtkaziladi. Bu haqda “Toshissiqquvvati” matbuot xizmati xabar qildi.

Radiator tsentralnogo otopleniya v kvartire - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonliklar issiqlik taʼminoti uchun faqat isitish davrida pul toʻlashadi

Bu  Oʻzbekiston prezidentining 2019 yil 2 dekabrdagi tegishli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

“2020-2021 yillar isitish mavsumidan boshlab, markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun isteʼmolchilar bilan hisob-kitob, isitish davrining bir kuniga isitish maydonining 1 kv.m uchun hisob-kitob toʻlov tizimiga oʻtkaziladi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, isitish davrining bir kuniga 1 kv.m isitish maydoni uchun tarif 142 soʻm miqdorida belgilandi.

Isitish mavsumining boshlanishi Toshkent shahar hokimining qarori bilan belgilanadi. Qolgan tariflar avvalgi darajada qoladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala