Toshkentda issiqlik ta’minotiga haq to‘lash tartibi o‘zgartiriladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishChempionat professionalnogo masterstva po standartam WorldSkills Russia v Kazani
Chempionat professionalnogo masterstva po standartam WorldSkills Russia v Kazani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, isitish davrining bir kuniga 1 kv.m isitish maydoni uchun tarif 142 so‘m miqdorida belgilandi.

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Toshkent shahrida markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun iste’molchilar bilan hisob-kitoblar isitish davrining har bir kuniga 1 kv.m isitiladigan maydon hisobida to‘lash tizimiga o‘tkaziladi. Bu haqda “Toshissiqquvvati” matbuot xizmati xabar qildi.

Radiator sentralnogo otopleniya v kvartire - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar issiqlik ta’minoti uchun faqat isitish davrida pul to‘lashadi

Bu  O‘zbekiston prezidentining 2019-yil 2-dekabrdagi tegishli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

“2020-2021 yillar isitish mavsumidan boshlab, markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun iste’molchilar bilan hisob-kitob, isitish davrining bir kuniga isitish maydonining 1 kv.m uchun hisob-kitob to‘lov tizimiga o‘tkaziladi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, isitish davrining bir kuniga 1 kv.m isitish maydoni uchun tarif 142 so‘m miqdorida belgilandi.

Isitish mavsumining boshlanishi Toshkent shahar hokimining qarori bilan belgilanadi. Qolgan tariflar avvalgi darajada qoladi.

Yangiliklar lentasi
0