Tramp davolanayotgan kasalxona oldida shubhali sumka topildi

© FotoliaRabota amerikanskoy politsii
Rabota amerikanskoy politsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
COVID-19 bilan kasallangan Donald Tramp davolanayotgan harbiy kasalxona yonidagi yo‘l shubhali sumka tufayli ma’lum muddatga yopib qo‘yildi.

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Merilend shtati politsiyasi koronavirus bilan kasallangan Donald Tramp davolanayotgan Uolter Rid nomidagi harbiy kasalxona yonidagi yo‘lni shubhali sumka tufayli yopib qo‘ydi. Bu haqda NBC telekanali xabar qildi.

Bu holat tibbiyot markazi oldida Trampni qo‘llab-quvvatlash uchun to‘plangan shaxslarning namoyishini to‘xtatib qo‘ygan. Tramp tarafdorlaridan yo‘ldan chetga o‘tish so‘ralgan.

​Shundan so‘ng hodisa joyiga bombani zararsizlantiruvchi guruh yetib kelgan. Ular topilmani tekshirib, xavfsizligiga ishonch hosil qilishgandan so‘ng Tramp tarafdorlariga o‘z namoyishlarini davom ettirishga ruxsat berishgan.

Mirziyoyev koronavirusga chalingan Donald Trampga shifo tiladi

2 oktabr kuni Amerika yetakchisi Donald Tramp u va rafiqasi Melanya koronavirus yuqtirib olganini ma’lum qildi. O‘sha kunning o‘zida u kasallikning yengil alomatlari bilan Uolter Rid nomidagi harbiy tibbiyot kasalxonasiga yotqizilgan va u yerda davolanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0