Kenzo brendining asoschisi Kenzo Takada vafot etdi

© AP Photo/Lionel CironneauYaponskiy modelyer, sozdatel brenda Kenzo Kendzo Takada
Yaponskiy modelyer, sozdatel brenda Kenzo Kendzo Takada - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kenzo brendining asoschisi Kenzo Takada 81 yoshida vafot etdi - biroz oldin unda koronavirus aniqlangan edi.

TOShKENT, 5 okt - Sputnik. Yaponiyalik mashhur modelyer, Kenzo brendining asoschisi Kenzo Takada 4-oktabr kuni 81 yoshida vafot etdi. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Fransiyaning Neyi-sur-Sen kommunasida yashagan modelyer COVID-19ning oqibatlaridan vafot etgan.

Kenzo Takada 1965 yilda Yaponiyadan Parijga ko‘chib kelgan va 1970-yilda Kenzo brendini yaratgan. Tez orada Kenzo dunyoga mashhur liboslar modelyeriga aylangan. Uning ayollar liboslari kolleksiyalari Parij, Nyu York va Londonda katta muvaffaqiyat qozongan. 

Kenzo Takada Yaponiya Feshn redaktorlari klubi mukofoti hamda Fransiya Madaniyat vazirligining San’at va adabiyot ordeni bilan mukofotlangan. 

1983 yildan boshlab Kenzo erkaklar modasi bilan shug‘ullana boshlaydi. 1988-yildan boshlab esa - Kenzo brendi ostida parfumeriya ishlab chiqara boshlaydi. Bugungi kunda kenzo brendi ostida ayollar, erkaklar va bolalar liboslari, uy jihozlari va parfm ishlab chiqariladi. 

1993 yilda Kenzo Fransiyaning LVMH konserni tomonidan xarid qilingan.  

Yangiliklar lentasi
0