O‘zbekistonda koronavirus: 5-oktabr asosiy xabarlari

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishTestirovanie na antitela k koronavirusu
Testirovanie na antitela k koronavirusu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 259 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 58 946 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Mehnat vazirligi - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya vaqtida mehnat himoyasi

Bir sutka davomida 259 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 58 946 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 71 nafari Toshkent shahrida, 16 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 315 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 55 633 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foiz.

Ayni paytda 2 828 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Irakskaya jenshina s koshkoy - Sputnik O‘zbekiston
Qaysi hayvonlar “tojdor virus”ni yuqtirib olishi mumkin

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 3 nafar bemor vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 485 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Qozondan 700 ga yaqin fuqaro avtobuslarda olib kelinmoqda

Transport vazirligi huzuridagi “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan 26-sentabr kuni navbatdagi 15 ta avtobusdan iborat karvon Rossiya Federatsiyasi hududidan fuqarolarni olib kelish maqsadida yo‘lga chiqqan edi. Ayni damda avtobuslar Qozon shahridan 700 ga yaqin fuqarolarni olib qaytmoqda. Avtobuslar karvoni ertaga O‘zbekistonga kirib keladi.

Yangi yo‘nalish

Qozog‘istonning "SCAT" aviakompaniyasi Aktau – Urganch - Aktau yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi.

1 avgustdan  boshlab  Urganch aeroportida joriy qilingan "Ochiq osmon" rejimi asosida “O‘zaviatsiya” agentligi “SCAT” aviakompaniyasiga 2020-yil 2-oktabrda  Aktau – Urganch – Aktau yo‘nalishi bo‘yicha  muntazam  parvozlarni  amalga  oshirishga  ruxsatnoma  berdi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 35,4 milliondan oshdi, 1 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 26,6 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (7,6 mln), Hindistonda (6,6 mln), Braziliyada (4,9 mln).

Yangiliklar lentasi
0