WSJ: Tramp COVID-19 ga birinchi testi natijasini yashirgan

© AP Photo / Alex BrandonPrezident SShA Donald Tramp
Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“The Wall Street Journal” nashrining manbalariga tayanib yozishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp COVID-19 ga topshirgan birinchi testi musbat chiqqanini yashirgan.

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp COVID-19 ga topshirgan birinchi testi musbat chiqqanini yashirgan. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri manbalariga tayangan holda yozmoqda.

Amerika yetakchisi o‘tgan payshanba kuni Fox News telekanalida o‘z yordamchisi Xoup Xiks kasallangandan keyin koronavirusga topshirgan testi haqida ma’lum qilgan.

Rabota amerikanskoy politsii - Sputnik O‘zbekiston
Tramp davolanayotgan kasalxona oldida shubhali sumka topildi

Gazetaning ta’kidlashicha, Tramp efirga chiqishdan oldin COVID-19 ga topshirgan ekspress-testi musbat chiqqanligi to‘g‘risida ma’lumot olgan. O‘rnatilgan qoidalarga ko‘ra, Oq uy xodimlari uchun birinchi ekspress-test natijasi musbat chiqsa, ikkinchi, yanada aniqroq testga tahlil topshiradi.

Davlat rahbari testning birinchi natijasi haqidagi ma’lumotni oshkor qilmaslikka qaror qilgan va buning o‘rniga Xiksda koronavirus aniqlanganini aytgan, xolos.

Shuningdek, nashrning ta’kidlashicha, Tramp o‘z yordamchilaridan biridan test natijalarini ovoza qilmaslikni so‘ragan. “Hech kimga aytma”, - degan o‘shanda Oq uy rahbari.

2 oktabr kuni Amerika yetakchisi Donald Tramp u va rafiqasi Melanya koronavirus yuqtirib olganini ma’lum qildi. O‘sha kunning o‘zida u kasallikning yengil alomatlari bilan Uolter Rid nomidagi harbiy tibbiyot kasalxonasiga yotqizilgan va u yerda davolanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0