TOSHKENT, 5 okt — Sputnik. Qozogʻistonning “SCAT” aviakompaniyasi Aqtau – Urganch - Aqtau yoʻnalishi boʻyicha parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“Oʻzaviatsiya” agentligi “SCAT” aviakompaniyasiga 2020 yil 2 oktyabrda Aqtau – Urganch - Aqtau yoʻnalishi boʻyicha muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsatnoma berdi.
Ruxsatnoma 2020 yil 1 avgustdan boshlab Urganch aeroportida joriy qilingan “Ochiq osmon” rejimi asosida berilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston va Qozogʻiston aviakompaniyalari vakillari Urganch va Aqtau oʻrtasida muntazam reyslarni yoʻlga qoʻyish masalasini muhokama qilgani xabar qilingan edi.