Siyosat

Asad Erdogʻanni Qorabogʻ mojarosi tashkilotchisi deb atadi

Ozarbayjonni (NATO aʼzosi boʻlgan) Turkiya qoʻllab-quvvatlayotgani vaziyatga yogʻ quygandek taʼsir qilmoqda. Anqara tomonidan mojaro zonasiga Suriya va Liviyadan terrorchilar tashlanayotgani haqida maʼlumotlar bor. Jahon hamjamiyati tomonlarni bosiqlikka chaqirmoqda.

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Suriya prezidenti Bashar Asad RIA Novostiga bergan intervyusida turk yetakchisi Rajab Toyip Erdogʻan Togʻli Qorabogʻda mojaroning yangitdan boshlanishi bosh tashabbuskori, deya atadi.

Armyanskiy voyennыy strelyayet iz artilleriyskogo orudiya vo vremya boya s azerbaydjanskimi voyskami v Nagornom Karabaxe - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Togʻli Qorabogʻdagi mojaro hech qachon tugamaydi – Jirinovskiy

"U Liviyada terrorchilarni qoʻllab-quvvatlaydi, u yaqinda Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasida Togʻli Qorabogʻda boshlangan mojaroning igʻovagari va tashabbuskoridir", — dedi Asad.

Asadning soʻzlariga koʻra, Suriya Arab Respublikasi hududidan jangarilar Togʻli Qorabogʻga oʻtkazilmoqda va Damashq buni tasdiqlashi mumkin.

"U Togʻli Qorabogʻda oʻsha metodlardan foydalanayotgani, isbot talab qilmaydi, katta ehtimol bu shunday, nega deganda, boya aytganimdek, aynan Turkiya shu muammoga olib keldi, ushbu mojaroni boshladi: u buni qoʻllab-quvvatladi", - deya qayd etdi Suriya yetakchisi.

Sal oldin Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron Suriya hududidan 300 jangari Turkiyaning Gʻazantepa shahridan Bokuga oʻtkazilgani haqida bayonot bergan edi. Makronning aytishicha, ular Aleppo hududidagi uyushma vakillaridir. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Makronning bayonotidan soʻng Ozarbayjonda yollanma jangarilar yoʻqligini aytib, Parijdan kechirim soʻrashni talab qildi.

Togʻli Qorabogʻ: mojaroning keskinlashuviga dunyo qanday munosabat bildirdi va kim olovga yogʻ quymoqda?  - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Dunyoda Togʻli Qorabogʻ mojarosiga qanday munosabat bildirildi va kim "olovga yogʻ quymoqda"?

Mojaro 1988 yilning fevralida Togʻli Qorabogʻ avtonom viloyati Ozarbayjon SSR tarkibidan chiqishini eʼlon qilganida boshlangan edi. Qurollangan mojaro natijasida 1992-1994 yillarda Boku region ustidan hamda unga tutash yettita tumanlar ustidan nazoratni yoʻqotdi.

1992 yildan Rossiya, AQSH, Frantsiya boshchiligida OBSE Minsk guruhi doirasida mojaroni tinchlik yoʻli bilan bartaraf etish boʻyicha muzokaralar davom etmoqda. Ozarbayjon oʻz hududiy yaxlitligi saqlanib qolishida qatʼiy qolmoqda, Armaniston tan olinmagan respublika manfaatlarini himoyalab kelmoqda.

27 sentyabr tongida chegara tutash qismida vaziyat ziddiy tus oldi. Boku va Yerevan javobgarlikni bir-biriga yuklashmoqda. Ishtirokchilarning hammasi toʻliq yoki qisman mobilizatsiya eʼlon qilgan. Tinch aholi orasida qurbonlar bor.

Ozarbayjonni NATO aʼzosi boʻlgan Turkiya qoʻllab-quvvatlayotgani vaziyatga yogʻ quygandek taʼsir qilmoqda. Anqara tomonidan mojaro zonasiga Suriya va Liviyadan terrorchilar tashlanayotgani haqida maʼlumotlar bor. Armaniston ODKB aʼzosi sanaladi. Jahon hamjamiyati tomonlarni bosiqlikka chaqirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala