Yevroprotokol va majburiy sug‘urta: IIV hukumat qarori loyihasini tayyorladi

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritiladi.

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Ichki ishlar vazirligi Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori loyihasini umumiy muhokamaga qo‘ydi.

Sotrudnik militsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Mastlik holatida bo‘lgan kishilarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari ochiladi

Loyihada Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Jumladan, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini  majburiy sug‘urta qilish qoidalarning 2-bandida Yo‘l-transport xodisasi haqidagi bildirishnoma tushunchasiga ta’rif berilgan.

“Yo‘l-transport hodisasi haqidagi bildirishnoma – sug‘urtalovchi tomonidan beriladigan, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganligi haqida sug‘urtalovchiga xabar berish uchun mo‘ljallangan, yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan to‘ldiriladigan blank”, - deyilgan hujjatda.

Qoidalarning 11, 34, 341 37 va 38-bandlari yo‘l-transport xodisani huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimi ishtirokisiz rasmiylashtirishga oid qoidalar bilan to‘ldiriladi.

Xabarnoma blankasini tuzish orqali yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida hujjatlarni huquqni muhofaza qilish organlari xodimi ishtirokisiz rasmiylashtirish tartibini belgilash maqsadida Qoidalar V1 bob bilan to‘ldiriladi.

Shuningdek, yo‘l-transport xodisasi haqidagi bildirishnoma blankasi namunasi qoidalarga ilova bo‘lib kiritiladi.

“Yo‘l-transport hodisasi haqidagi bildirishnomani (Yevroprotokol) amaliyotga joriy etilishi munosabati bilan birinchi navbatda yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari va haydovchilar o‘rtasidagi bevosita muloqotni amalga oshirishda “inson omili”ga va ortiqcha qog‘ozbozchilikka chek qo‘yiladi va fuqarolarning ortiqcha sarsongarchiliklar oldi olinadi.

Har bir sodir etilgan yo‘l-transport hodisasini rasmiylashtirish uchun yo‘l-patrul xizmati inspektorlarining o‘rtacha 2-3 soat vaqtini tejalishi orqali tan jarohati bilan bog‘liq YTHlar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish sifat darajasini oshirish, shuningdek, avtomobil yo‘llardagi tirbandliklarni oldini olishda samara beradi”, - deyilgan hujjatda.

Yangiliklar lentasi
0