"S-500" tizimining sinovlari yakunlandi. Birinchi xaridorlar kim?

© Sputnik / Vladislav Sergiyenko / Mediabankka o‘tishDivizion S-400 "Triumf" zastupil na boyevoe dejurstvo v Krimu
Divizion S-400 Triumf zastupil na boyevoe dejurstvo v Krimu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
S-500 jangovar navbatchilikka qabul qilinganidan so‘ng u S-400 va S-300 tizimlari bilan birgalikda yagona, bir-biriga integratsiya qilingan havo-kosmik mudofaa qalqoniga aylanadi.

Rossiya mudofaa vazirligi poligonlarida S-500 “Prometey” zenit-raketa tizimining sinovlari yakuniga yetmoqda. Test raketalar belgilangan texnik xususiyatlariga to‘liq ega ekanliklarnini namoyish etgan. Rossiya sanoati esa yangi tizimni  ishlab chiqarishga tayyor. 

Pusk raketi po vozdushnim selyam - Sputnik O‘zbekiston
“Prometey”dan rekord: S-500 zenit raketasi 550 km masofadagi nishonni yakson qiladi

S-500 dastlab Rossiya Qurolli kuchlari safida sinov-ekspluatatsiyadan o‘tadi va undan so‘ng xorijiy buyurtmachilarga yetkazib berila boshlanadi. Ayni damda xorijiy xaridorlar orasida S-300 va S-400 tizimlariga bo‘lgan talabning kattaligi yangi tizim ham o‘z xaridorlarini topishiga ishonch bildiradi.

Amerikaning Military Watch tahliliy nashri Prometeyning birinchi xaridorlar ro‘yxatini tuzib bo‘ldi. Bular Aljir, Belarus, Xitoy, Hindiston va Eran. Nimaga aynan ushbu mamlakatlar – NATO ning sobiq operatsiyalari, AQSh va boshqa G‘arb mamlakatlarining harbiylashuvi.

Bunday istiqbollar nafaqat Rossiya va Xitoyni, balkim boshqa qator mamlakatlarni ham tashvishga solmoqda va ularni o‘z milliy havo mudofaa tizimlarini mustahkamlashga majbur qilmoqda. Rossiyada ishlab chiqilgan S-300, S-400 va S-500 zenit raketa tizimlariga talab oshmoqda.

Mutlaq mustaqillik namunasi

Aljir sovuq urush davridan buyon Rossiya qurollarini sotib oladi. Bugungi kunda ushbu mamlakat eng zamonaviy havo mudofaa tizimlariga ega: “Pansir” va ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra S-400. Military Watch xulosasiga ko‘ra, qo‘shni Liviya tajribasidan kelib chiqqan holda, Rossiya havo mudofaa tizimlari imkoniyatlarini yuqori baholaydi. 2011-yilda Liviya mudofaa kuchlari NATOning havo hujumlariga qarshi mutlaq himoyasiz qolgan edi. Hozir esa NATO gipertovush tezligida harakatlanadigan 5-avlod qiruvchilariga o‘tmoqda. Ulardan himoyalanish maqsadida Aljir Rossiyaning S-500 tizimlari va Su-57 samolyotlarini xarid qilishdan manfaatdor.

Kompleks PVO - Sputnik O‘zbekiston
S-500 kosmosda gipertovushli qurollarni yakson qilishi mumkin - Rossiya Havo-kosmik kuchlari

Belarus tejamkor mudofaa budjetiga ega – 2020-yilda $623 mln, lekin o‘z chegaralari yaqinida NATO faollashuvi tufayli Minsk S-500 tizimlarini “do‘stona narxlarda” birinchilardan bo‘lib xarid qilishi mumkin. Shuningdek, Belarusning NATO ichkarisiga zarba berish imkoniyati Rossiya uchun strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega.

Xitoy Rossiyaning S-300PMU-2, ZRS S-400 hamda R-77 “havo-havo” turkumidagi raketalarini birinchilardan bo‘lib xarid qilgan edi. Keyinchalik ular o‘zlarining raketalarini ham ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lishdi, lekin Rossiya ZRTlari havo-kosmik mudofaa borasida hozircha dunyoda birinchilikni egallab turibdi.

“Prometey” tizimi 100 km balandlikda, yaqin kosmos chegarasidagi nishonlarga ham zarba berishi mumkin va bunday xarid Xitoy uchun Amerikaning yangi avlod qurollariga qarshi kurashda kerakli bo‘lishi mumkin.

Hindiston so‘nggi bir necha o‘n yillardan beri Rossiyaning eng yirik harbiy buyurtmachilaridan biri bo‘lib qolmoqda. 2018-yilda bir necha S-400 divizionlarini xarid qilish borasida qiymati 5 milliard dollardan ortiq bo‘lgan shartnoma imzolangan edi.

Kompleks PVO - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya harbiylariga birinchi S-500 raketa tizimlari taqdim etiladi

Hindistonga bir necha bor AQSh sanksiyalari bilan po‘pisa qilishgan bo‘lishsa-da, bu hech qachon Nyu-Delini Rossiya qurollarini sotib olishda to‘xtata olmagan va bu safar ham to‘xtata olmaydi.

Eron ham 1988-yildan boshlab sovet va Rossiya qurollariga katta qiziqish bildirmoqda. Ayni damda Eron armiyasi zamonaviylashtirilgan S-200 va S-300 tizimlariga ega. Shuningdek Tehron S-400 “Triumf” tizimining ham potensial xaridori hisoblanadi. Ushbu tizim Islom Respublikasiga AQShning “ko‘rinmas” samolyotlariga qarshi kurash uchun kerak. Eron S-500 “Prometey” tizimini istiqbolli xaridori bo‘lishi mumkin. Eron ham Rossiyadan qurol sotib olishda AQSh sanksiyalaridan qo‘rqmaydi .  

Kosmik imkoniyatlar

Harbiy ekspertlar xulosasiga ko‘ra, bugungi kunda xorijda ham Rossiyada ham S-500 tizimining muqobili yo‘q. Kelajakda “Prometey” 5-60 km balandlikda ishlaydigan “Triumf”ning o‘rinbosari bo‘ladi. Yangi tizim past orbitada uchuvchi sputniklarga, giteprtovushli raketalarga, ham zarba berishi mumkin.

S-500 “Prometey”  – o‘ta kuchli texnik va taktik xususiyatlarga ega bo‘lgan birinchi avlod kosmik himoya tizimidir. “Prometey” 600 km radiusda bir vaqtning o‘zida 10ta tovush tezligidan tez harakatlanayotgan nishonni yo‘q qilishi mumkin. Ya’ni tezligi 25 ming km/soat va balandligi 200 km bo‘lgan nishonlarni. Bu amerikaliklarni juda tashvishga solmoqda. Chunki ular o‘zlarining F-22 va F-35 samolyotlari S-500 radarlarida ko‘rinmasligiga shubha qilishmoqda.

Kompleks PVO S-400 Triumf zastupil na boyevoe dejurstvo v Sevastopole - Sputnik O‘zbekiston
Suriyada Rossiyaning S-500 tizimi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi

Amerika Qo‘shma Shatatlari kosmik hujum vositalari ishlab chiqishmoqda va kelajakda ularda Rossiyaga preventiv zarba berish uchun foydalanishlari mumkin. Lekin S-500 Amerika texnologiyalaridan ancha oldinda. Eslatib o‘tamiz, 600 km bu zarba berish masofasidir, lekin S-500 undan ham ancha uzoqni “ko‘ra” oladi.  Masalan, u Qrim yarim orolidan turib butun Qora dengiz, Bolgariya, Ruminiya osmonlarini naorat qilishi mumkin. Kaliningraddan turib esa Skagerrak bo‘g‘ozigacha zarba berishi mumkin. kerak bo‘lsa Berlin va Drezden va buun Polsha osmoni ham uning “ixtiyorida” bo‘ladi. Litva, Latviya va Estoniyani aytmasa ham bo‘ladi.

Yana bir marta aytish joizki, S-500 – bu birinchi navbatda himoya qalqonidir. U qo‘shinlar va raketalarni samarali himoya qilishi mumkin.

Rossiya Qurolli kuchlari 2021-yildan boshlab S-500 “Prometey” zenit-raketa tizimlarini  jangovor navbatchilikka qabul qiladi. Shundan so‘ng S-500, S-400 va S-300 Havo-kosmik mudofaasining yagona, bir-biriga integratsiya qilingan tizimiga aylanadi.  U Rossiyani har qanday tahdiddan himoya qilish hamda qo‘shni mamlakatlarga ham barqarorlik olib kelish qobiliyatiga ega bo‘ladi.

Shundan so‘ng Moskva ittifoqchilari va hamkorlari bilan yangi himoya imkoniyatlari bilan baham ko‘rishadi. Tepada keltirilgan S-500 ro‘yxati ancha uzun bo‘lishi aniq. Yangi mudofaa tizimining alohida xususiyatlaridan tashqari mamlakat ixtiyorida ushbu tizimning mavjud bo‘lishi har qanday agressoni tinchlantira oladi.  

Yangiliklar lentasi
0