Sirtlonlar galasi qoplondan o‘ljani olib qo‘yishdi – video

Obuna bo‘lish
Afrikaning Kruger milliy bog‘ida yovvoyi itlar galasi qoplondan o‘ljani olib qo‘yishdi. Ayni vaqtda bu holat aks etgan video internetda tez tarqalmoqda.

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Afrikada o‘lja bilan ketayotgan qoplonga yovvoyi kuchuklarning hujum qilishi aks etgan video paydo bo‘ldi.

Video Kruger milliy bog‘ida (Janubiy Afrika) tasvirga olindi.



Boshida qoplon tutib olgan ohuni sudrat ketayotgan edi, shu zahoti boshqa yirtqich – yovvoyi kuchuk paydo bo‘ladi, qoplonga hujum qiladi.

Qoplon itni haydab yuboradi, ammo boshqa itlar yetib keladi.

Qoplon o‘lja bilan xavfsiz joyga ketishga harakat qiladi, ammo itlar hujumiga uchraydi.

Qoplon daraxtga chiqib, qochishga majbur bo‘ladi.

Itlar darhol o‘ljani yeyishga tashlanishadi. Ammo ular oldiga 3 bosh och sirtlon yetib keladi va ularni o‘ljani oldidan haydab yuboradi.

Milliy bog‘ ishchilari ta’kidlanishicha, 9 bosh sirtlon bir haftadan beri yovvoyi itlarni poylab, daryo suvi oldidan quvib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0