Jizzaxda sinfdosh qizlarni mashinada sayr qildirmoqchi bo‘lgan o‘quvchi YTHga uchradi

© PixabayZnak avariynoy ostanovki
Znak avariynoy ostanovki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YTHga guvoh bo‘lgan boshqa bir haydovchining so‘zlariga ko‘ra, o‘smir bir kilometr masofada mashinani goh o‘ngga, goh chapga olib, orqadan kelayotgan transport vositalarining harakatini cheklab kelgan.

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Jizzax viloyati Paxtakor tumanida 9-sinf o‘quvchisi yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, o‘quvchining onasi o‘g‘liga avtomobil kalitini ishonib topshirgan, yigitcha esa ikki nafar sinfdosh qizni avtomobilda sayr qildirmoqchi bo‘lgan.

V strashnom DTP v Samarkandskoy oblasti pogibli 3 cheloveka, yeshe 2 v bolnitse - Sputnik O‘zbekiston
Samarqanddagi dahshatli YTHda uch kishi qurbon bo‘ldi, ikki kishi kasalxonada

YTHga guvoh bo‘lgan boshqa bir haydovchining so‘zlariga ko‘ra, o‘smir bir kilometr masofada mashinani goh o‘ngga, goh chapga olib, orqadan kelayotgan transport vositalarining harakatini cheklab kelgan. Orqadan kelayotgan haydovchi to‘xtash ishorasini berganidan keyin o‘smir boshqaruvni yo‘qotib, avtomobil yo‘ldan chiqib ketgan. Guvohning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil salonida ikki nafar qiz bola, ularning qo‘lida esa yosh bola bo‘lgan.

Voqea joyiga kelgan o‘smirning otasi o‘g‘lini odamlar oldida urishni boshlagan. O‘smirning aytishicha, u mashinani avval ham haydab kelgan.

Jizzax viloyati IIB YHXB katta inspektori Erkin Ochilovning ma’lum qilishicha, mazkur YTH Paxtakor—Zafarobod avtomobil yo‘lining 72-kilometrida sodir bo‘lgan. O‘quvchining avtomobil boshqarish uchun yetarli malakasi bo‘lmagani sababli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi to‘siqqa urilgan va yo‘ldan chiqib ketgan. Baxtli tasodif tufayli avtomobilda bo‘lgan haydovchi va yo‘lovchilar jarohat olmagan.

Yangiliklar lentasi
0