O‘zbekiston xorijga dori-darmon eksportini qariyb 4 baravarga oshirdi

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishKapsuli i tabletki
Kapsuli i tabletki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yilning 8 oyi davomida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatlarga qiymati 11,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan dori-darmon eksport qilgan

TOShKENT, 6 okt — Sputnik.  2020 yilning 8 oyi davomida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatlarga qiymati 11,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan dori-darmon eksport qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,5 mln AQSh dollariga yoki qariyb 4 baravarga oshgan.

Prodaja lekarstv v apteke - Sputnik O‘zbekiston
Dori vositalarini retseptsiz sotganlik uchun jazo kuchaytirildi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 8 oy mobaynida O‘zbekiston dori-darmon mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:

Qirg‘iziston – 3,4 mln, Qozog‘iston – 2,1 mln, Afg‘oniston – 1,5 mln, Turkmaniston – 1,2 mln, Tojikiston – 1,1 mln, Turkiya – 956,7 ming AQSh dollari.

O‘zbekiston 8 oy davomida 55 ta xorijiy davlatlardan 565,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan dori-darmon import qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,8 mln AQSh dollariga kam. 

O‘tgan 8 oy mobaynida O‘zbekiston dori-darmon mahsulotlarini eng ko‘p import qilgan davlatlar: Hindiston – 102,9 mln, Rossiya – 59,9 mln, Ukraina – 46,1 mln, Latviya – 46,0 mln, Xitoy – 34,1 mln.

Yangiliklar lentasi
0