Juda achchiq: O‘zbekiston 13 ta davlatga qalampir eksport qildi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatlarga qiymati 314,3 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan qalampir eksport qilgan.

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. 2020-yil 8 oyi davomida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatlarga qiymati 314,3 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan qalampir eksport qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 70,1 ming AQSh dollariga oshgan.

Kapsuli i tabletki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston xorijga dori-darmon eksportini qariyb 4 baravarga oshirdi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, qalampir mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar: Vyetnam – 219,7 ming, Braziliya – 67,1 ming, Germaniya – 11,1 ming, Rossiya – 4,6 ming, Turkiya – 3,9 ming, Gruziya – 3,5 ming, Ispaniya – 1,1 ming AQSh dollari.

Samarqand viloyati eng ko‘p ya’ni, qiymati 121,4 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan qalampir eksport qilgan.

Yangiliklar lentasi
0