MAGATE O‘zbekistonga qiymati 1 million yevro bo‘lgan uskunalarni yetkazib beradi

© Press-slujba Minzdrava UzbekistanaV Respublikanskom spetsializirovannom nauchno-prakticheskom meditsinskom sentre onkologii i radiologii sostoyalos otkritie radioterapevticheskogo kompleksa kompanii "Elekta Infinity"
V Respublikanskom spetsializirovannom nauchno-prakticheskom meditsinskom sentre onkologii i radiologii sostoyalos otkritie radioterapevticheskogo kompleksa kompanii Elekta Infinity - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Namangan onkologik markaziga radiatsiya terapiyasi uchun zamonaviy uskunalar va Samarqand davlat universitetining o‘quv laboratoriyalari uchun moslamalar yetkazib beriladi.

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi Abat Fayzullayev Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossiga MAGATEda doimiy vakil sifatida ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, texnik hamkorlik loyihalari doirasida Toshkent endokrinologiya institutiga ko‘p funksiyali diagnostika gamma kamerasi yetkazib berildi. Namangan onkologik markaziga radiatsiya terapiyasi uchun zamonaviy uskunalar va Samarqand davlat universitetining o‘quv laboratoriyalari uchun moslamalar yetkazib berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Uskunalarning narxi qariyb 1 million yevroni tashkil qiladi.

MAGATE - Sputnik O‘zbekiston
MAGATE O‘zbekiston uchun to‘rtta loyihani tasdiqladi

MAGATE bosh direktori O‘zbekiston yadroviy infratuzilmasini kompleks baholash bo‘yicha missiyaga tayyorgarlik ko‘rishdagi muvaffaqiyatli hamkorlikni ta’kidlab, mamlakatimizda atom elektr stansiyasini qurish jarayonida faoliyatning barcha sohalarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

U O‘zbekistonda obyektlarning yadroviy va radiatsion xavfsizligini ta’minlash borasida ko‘p ishlar qilingani, sog‘liqni saqlash sohasida muvaffaqiyatli hamkorlik amalga oshirilayotgani, yadro fani va texnologiyalarini, ayniqsa, respublika qishloq xo‘jaligida keng qo‘llash borasida birgalikda ishlash imkoniyati mavjudligiga e’tibor qaratdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning o‘zida MAGATE mamlakatimizga Sovid-19 tarqalishiga qarshi kurashish jarayonida uchta tibbiy muassasaga koronavirusni aniqlaydigan umumiy qiymati 405 ming yevrolik test to‘plamlarini taqdim qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0