Jamiyat

Oʻqituvchi va tibbiyot xodimlari uchun grippga qarshi 1 mln dozadan ortiq vaktsina sotib olinadi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Fotobankka oʻtishVaktsinatsiya ot grippa v Krasnodare
Vaktsinatsiya ot grippa v Krasnodare  - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Dori-darmon” AJ Rossiyaning grippga qarshi vaktsina ishlab chiqaruvchilari bilan 1 million dozadan ortiq grippga qarshi vaktsinani xarid qilish boʻyicha shartnoma tuzdi.

TOSHKENT, 7 okt — Sputnik. Oʻqituvchi va tibbiyot xodimlari uchun grippga qarshi 1 million dozadan ortiq vaktsina yetkazib beriladi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Meditsinskiy rabotnik delayet ukol - Sputnik Oʻzbekiston
Oktyabrdan boshlab bir milliondan oshiq kontingent emlanadi

Taʼkidlanishicha, “Dori-darmon” AJ Rossiyaning grippga qarshi vaktsina ishlab chiqaruvchilari bilan 1 million dozadan ortiq grippga qarshi vaktsinani xarid qilish boʻyicha shartnoma tuzdi. Hozirda “Sovigripp” vaktsinasining 250 ming dozasi hududlarga yetkazib berildi.

Bundan tashqari 15 oktyabrga qadar 40 ming doza, 30 oktyabrga qadar  250 ming doza, noyabr oyida esa 500 ming doza “Flyu-M” vaktsinasini yetkazib berish moʻljallangan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidentining 2020 yil 26 avgustdagi “Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida mamlakatdagi umumiy oʻrta taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalarining xodimlarini 2020 yil 1 oktyabrga qadar bepul grippga qarshi emlash haqidagi taklif maʼqullangan edi.

Yangiliklar lentasi
0