Jamiyat

Tanqis dorilar narxi meyoridan ortiq oshirilgani aniqlandi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishJenщina pokupayet lekarstva v sotsialnoy apteke v Kaliningrade.
Jenщina pokupayet lekarstva v sotsialnoy apteke v Kaliningrade. - Sputnik Oʻzbekiston
Bugungi kunda virusga qarshi tanqis preparat hamda grippga qarshi vaktsinalar narxi qonunda belgilanganidan ortiq oshirilgani kuzatildi.

TOSHKENT, 9 okt - Sputnik. Oʻzbekiston aptekalarida dori-vositaari narxlarini qonunchilikda belgilangan miqdordan oshirish holatlari qayd etildi. Bu haqida Istaʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xabar qilmoqda. 

Narx oshishi asosan Respublikada soʻnggi vaqtlarda keskin yetishmovchiligi kuzatilayotgan "Remdesivir" - virusga qarshi dorisi va "Inflyuvak" - grippga qarshi vaktsinasi savdo narxlarida aniqlangan. 

Xususan, bugungi kunda aptekalarda "Remdesivir" narxi - 1 800 000 soʻmga, "Inflyuvak" narxi esa - 250 000 soʻmga yetgan. Agentlik aniqlashiga koʻra ushbu preparatlarning oʻrtacha narxi 1 066 000 soʻm va 86 000 soʻmni tashkil qilishi kerak. 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidentining 2647-sonli qaroriga muvofiq aptekalar dori visitalarining ulgurji narxlari ustiga 20%dan ortiq ustama qoʻya olmaydi. Ulgurji savdo kompaniyalari esa - dorilar bazaviy narxidan 15%dan ortiq ustama qoʻyish huquqiga ega emas. 

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala