Hodisalar

Atambayevning mashinasiga oʻq uzishdi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishAktsiya protesta v Bishkeke
Aktsiya protesta v Bishkeke - Sputnik Oʻzbekiston
Bishkekdagi Ala-Too maydonida otishma sodir boʻldi. Guvohlar aytishiga qaraganda Atambayevning mashinasiga oʻq uzishgan.

TOSHKENT, 9 okt — Sputnik. Bishkekdagi Ala-Too maydonida otshma sodir boʻldi. Oʻq ovozini eshitgan olomon 4 tomonga qarab qochdi. Sputnik Qirgʻiziston xabariga asosan. 

Voqea guvohlarining soʻzlariga koʻra, aniqlanmagan shaxslar Atambayevning mashinasiga oʻq uzgan. Keyinroq u yerda 2ta jangovar patron gilzasi topilgan. 

Ushbu voqeadan biroz oldin Ala-Too maydonida 2ta turli muxolitfat  guruhlari orasida toʻqnashuv boʻlgan. Bir tomondan Almazbek Atambayev, Omurbek Babanov va uyushgan jinoyatchilikka qarshi boʻlganlar ikkinchi tomondan Sadыr Japarov tarafdorlari kelishgan. Muxolifatchilar bir-birlarini toshboʻron qilishgan edi. Keyinroq Japarov tarafdorlari Ala-Too maydonini egallashgan. 

Soʻnggi damda olingan maʼlumotlarga koʻra, Ala-Too maydonida yana bir necha kishi jarohatlangan. Ulardan biri siyosatchilardan birining tan soqchisi ikkinchisi muxolifatchi Toktogaziyev. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala