Atambayevning mashinasiga o‘q uzishdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishAksiya protesta v Bishkeke
Aksiya protesta v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bishkekdagi Ala-Too maydonida otishma sodir bo‘ldi. Guvohlar aytishiga qaraganda Atambayevning mashinasiga o‘q uzishgan.

TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Bishkekdagi Ala-Too maydonida otshma sodir bo‘ldi. O‘q ovozini eshitgan olomon 4 tomonga qarab qochdi. Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan. 

Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, aniqlanmagan shaxslar Atambayevning mashinasiga o‘q uzgan. Keyinroq u yerda 2ta jangovar patron gilzasi topilgan. 

Ushbu voqeadan biroz oldin Ala-Too maydonida 2ta turli muxolitfat  guruhlari orasida to‘qnashuv bo‘lgan. Bir tomondan Almazbek Atambayev, Omurbek Babanov va uyushgan jinoyatchilikka qarshi bo‘lganlar ikkinchi tomondan Sadir Japarov tarafdorlari kelishgan. Muxolifatchilar bir-birlarini toshbo‘ron qilishgan edi. Keyinroq Japarov tarafdorlari Ala-Too maydonini egallashgan. 

So‘nggi damda olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Ala-Too maydonida yana bir necha kishi jarohatlangan. Ulardan biri siyosatchilardan birining tan soqchisi ikkinchisi muxolifatchi Toktogaziyev. 

Yangiliklar lentasi
0