Migratsiya

Rossiyada migratsiya sohasini katta oʻzgarishlar kutmoqda – FMX rahbari

© Sputnik / Nina ZotinaNachalnik Glavnogo upravleniya po voprosam migratsii MVD RF general-leytenant Valentina Kazakova
Nachalnik Glavnogo upravleniya po voprosam migratsii MVD RF general-leytenant Valentina Kazakova - Sputnik Oʻzbekiston
Yaqin kelajakda Rossiyada xorijiy fuqarolarni ishga qabul qilish tartibi mutlaq oʻzgarishi mumkin, dedi FMX rahbari Kazakova.  

TOSHKENT, 9 okt – Sputnik. Rossiyada mehnat migratsiyasi sohasida bir qator oʻzgarishlar va innovatsiyalar kutilmoqda. Bu haqda IIV Migratsiya Bosh boshqarmasi boshligʻi general-leytenant Valentina Kazakova Sputnik bilan boʻlgan intervyuda soʻzlab berdi.

1. Yaqinda xorijiy fuqarolarga oʻz uylariga boshqa xorijiy fuqarolarni roʻyxatga qoʻyishga ruxsat berildi. Bu qonun buzilishining oldini olishi mumkin.

Inostrannыe grajdane v ocheredi na daktiloskopicheskuyu registratsiyu, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rossiyada chet el fuqarolariga ham xorijliklarni roʻyxatdan oʻtkazishga ruxsat berilishi mumkin

2. Xorijiy fuqarolar GosUslugi portali orqali davlat xizmatlaridan foylanishlari mumkin. Portal orqali xorijiy fuqarolar migratsiya hisobidan oʻtishlari yoki turar joyida roʻyxatdan oʻtishlari mumkin. (9:50)  Bu soha qanchalik shaffof boʻlsa, shuncha yaxshi.

3. Xorijiy fuqarolar mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yangi kontseptsiya ishlab chiqildi. Hozirgi kunda bu sohada turli xil 30ta ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirish talab qilinadi. Bu hamma uchun murakkab. Yangi kontseptsiyaga koʻra, Davlat xizmatlari portalida ish beruvchilar va ishchilar reyestrlari yaratiladi.

  • Ish beruvchilar - u yerda roʻyxatdan oʻtib, oʻzlarida qanday boʻsh ish oʻrinlari borligini koʻrsatishadi.
  • Ishchilar reyestrida – esa xorijiy fuqarolar roʻyxatdan oʻtib, oʻz hunar va koʻnikmalarini koʻrsatishadi.

Ushbu xizmatlarning barchasi GosUslugi portali orqali yoʻlga qoʻyilishi mumkin. Migrantlar Rossiyaga kirishidan oldin qaysi ish beruvchiga borayotganini bilib keladi. Bu esa ruxsat beruvchi hujjatlar olish tartibini qisqartiradi.

Migrantы iz Kitaya demonstriruyut dokumentы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rossiyada xorijiy ishchilar soni 2021 yilga qadar qisqartiriladi – qonun loyihasi

Albatta, bunday yondashuv Rossiya fuqarolarining mehnat huquqlari buzilishiga yoʻl qoʻymagan holda amalga oshiriladi. Hududlarda fuqarolar ish oʻrinlarini xorijiy ishchilar egallashiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Yaqinda eʼlon qilingan yangi qonunga muvofiq, Rossiyada har bir hudud vaziyatga qarab hududda vaqtinchalik yashashi mumkin boʻlgan xorijiy fuqarolar kvotasi miqdorini belgilash huquqiga ega boʻladi. 

Eslatib oʻtamiz, ayni damda Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyaga faqat ijroiya hukumatning Federal organi taklifnomasiga binoan kirib kelishlari mumkin.

Rossiya FMX rahbari Valentina Kazakova bilan boʻlgan intervyuning toʻliq videosini quyida tomosha qilish mumkin.

© SputnikGrajdanstvo, patentы, pandemiya: novshestva v migratsionnom zakonodatelstve RF
Rossiyada migratsiya sohasini katta oʻzgarishlar kutmoqda – FMX rahbari - Sputnik Oʻzbekiston
Grajdanstvo, patentы, pandemiya: novshestva v migratsionnom zakonodatelstve RF
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala