Hodisalar

Sirdaryolik ayol intim aloqa vaqtida komaga tushgan oʻynashini eshakda dalaga tashlab keldi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishMedik v mashine skoroy pomoщi
Medik v mashine skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Ayol biologik oʻlim holatidagi xushtorini yarim kechgacha yotoqxonasida saqlab, soʻng jasadni eshak aravaga ortib, daladagi yoʻlning chetiga tashlab kelgan.

TOSHKENT, 9 okt - Sputnik. Sirdaryoda yashovchi erkak oʻz rafiqasiga xiyonat qilgandan soʻng, yurak xurujidan vafot etdi.

Xovos tumani sudi xabarida aytilishicha, shu tumanda istiqomat qiluvchi Barno Aliyeva (ismi-sharifi oʻzgartirilgan) oʻzining xushtori Alisher Zaripov (ismi-sharifi oʻzgartirilgan, ikkalasi ham oilali) bilan soat 19:00 larda oʻzining yotoqxonasida ishqiy munosabatda boʻlayotgan vaqtida, erkak yurak xuruji tufayli xushidan ketgan.

Ayol oilasi bor erkak bilan ishqiy munosabati oshkor etilishi va sharmanda boʻlishdan qoʻrqib, uchun uyga tez tibbiy yordam chaqirmagan. Aksincha, xushtorini yarim kechgacha yotoqxonada saqlab, soʻng hovlisidagi eshak aravaga jasadni ortib, daladagi yoʻlning chetiga olib borib, tashlab kelgan.

Sud, mazkur jinoyat ishini mazmunan koʻrib chiqib, B.Aliyevani Oʻzbekiston Respublikasi JKning 117-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, unga qonunda belgilangan chorani qoʻllagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala