Dunyoda

"Tolibon" tojik-afgʻon chegarasiga yaqin hududga hujum uyushtirdi, olti kishi qurbon boʻldi

© AP / Allauddin KhanBoyeviki dvijeniya Taliban*
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston
"Tolibon" radikal harakatining bir guruh jangarilari Tojikiston va Afgʻoniston chegarasida joylashgan hududga hujum uyushtirdi

TOSHKENT, 9 okt — Sputnik. Afgʻoniston shimoli-sharqida "Tolibon" radikal harakati uyushtirgan hujum oqibatida kamida olti kishi halok boʻldi, deb xabar bermoqda mahalliy Tolo News telekanali.

Tablichka na stole predstaviteley dvijeniya Taliban  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoga tahdid paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaymiz - Tolibon vakili

Hodisa Tojikiston bilan chegaradosh Qunduz provintsiyasida yuz bergan.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, toliblar Imom Shoxib tumanidagi nazorat-oʻtkazish punktiga hujum uyushtirganlar. Jangovar toʻqnashuvlar davomida Afgʻoniston xavfsizlik kuchlarining olti nafar xodimi halok boʻlishgan. Yana 15 kishi asir olingan.

Afgʻonistonda hukumat kuchlari va "Tolibon" oʻrtasidagi kurash davom etmoqda. Toliblar mamlakatning qishloq hududlarida kattagina yerlarni egallab olgan va yirik shaharlarga hujumga oʻtgan.

Mamlakat hududida "Islom davlati" terroristik uyushmasi taʼsiri kuchaygan.

Sentyabr oyida Qatarda bir necha oʻn yillar davomida birinchi marta Afgʻoniston hukumati va "Tolibon" radikal harakati oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar boshlandi. Muzokaralar oʻzaro asir almashinuvidan soʻng roʻy bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala