Toshkentda yuqori malakali pedagoglarni tayyorlaydigan xorijiy OTM filiali ish boshlaydi

Obuna bo‘lish
To‘lov-kontrakt miqdori Filial tomonidan Maktabgacha ta’lim, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari hamda Universitet bilan kelishilgan holda belgilanadi.

TOShKENT, 9 okt - Sputnik. Prezident qarori bilan "A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti" Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi (Universitet)ning Toshkent shahridagi filiali tashkil etildi.

Zamministra visshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya Uzakbay Begimkulov - Sputnik O‘zbekiston
Yangi O‘zbekiston talabasi qanday bo‘lishi kerak? OO‘MTV vazir o‘rinbosari bilan suhbat

Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash hisoblanadi.

Qarorga ko‘ra, Filial:

* barcha darajadagi mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi;

* ta’lim jarayonini rus tilida, keyinchalik boshqa tillarda ham olib boradi;

* kadrlar tayyorlashni kunduzgi, keyinchalik sirtqi ta’lim shaklida olib boradi;

* abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazishni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda Universitet tomonidan belgilangan talablar va qoidalarga muvofiq amalga oshiradi.

Generalniy konsul Rustam Ismailov - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlar, talabalar va biznes forum: O‘zbekiston va Uzoq Sharqni nima birlashtiradi

* bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomini beradi.

Shuningdek, Filialga qabul parametrlari Filial tomonidan Moliya, Maktabgacha ta’lim, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirliklari hamda Universitet bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Filialga talabalar davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

To‘lov-kontrakt miqdori Filial tomonidan Maktabgacha ta’lim, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari hamda Universitet bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Yangiliklar lentasi
0