Dunyoda

“Uchinchi inqilob”: ozodlikka chiqqan Atambayev mitingda chiqish qildi

© Sputnik / Joomart UraimovAlmazbek Atambayev, Sapar Isakov, Omurbek Babanov i ix storonniki napravlyayutsya iz zdaniya foruma v Belыy dom
Almazbek Atambayev, Sapar Isakov, Omurbek Babanov i ix storonniki napravlyayutsya iz zdaniya foruma v Belыy dom - Sputnik Oʻzbekiston
Sobiq prezident Atambayevning fikriga koʻra, Jeenbekov Qirgʻizistonni tark etmagan va xavfsizlik kuchlarini boshqarishda davom etmoqda. Siyosatchi 6 oktyabr voqealarini "uchinchi inqilob" deb atadi.

TOSHKENT, 9 okt — Sputnik. 6 oktyabr voqealarida SIZOdan ozodlikka chiqarilgan Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev ilk bor omma oldida chiqish qildi. Sputnik Qirgʻiziston xabariga asosan.

Uchastniki aktsii protesta na tsentralnoy ploщadi Ala-Too v Bishkeke - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
MO davlatlari yetakchilari Qirgʻiziston boʻyicha qoʻshma bayonot bilan chiqishdi

Atambayev unga hukumat kerak emasligini aytdi.

"Atambayevga hokimiyatning keragi yoʻq, aks holda u ikkinchi muddatga qolar edi. Koʻpchilik bunga koʻndirishgan, shu qatorda boshqa davlatlarning prezidentlari, lekin men pretsedent (oʻrnak boʻla oladigan hodisa) yaratdim", - dedi sobiq prezident.

Sooronbay Jeenbekov "Qirgʻizistonni tark etmadi va yana hokimiyatga kelishni istaydi, nifoq solish uchun xalq orasida tashviqot qilmoqda", - deb aytdi Atambayev.

Sobiq davlat rahbari qurolli toʻntarish tayyorlamayotganini taʼkidladi. Siyosatchining soʻzlariga koʻra, u mamlakatni shimol va janubga ajratmoqchi emas.

U 6 oktyabr voqealarini "uchinchi inqilob" deb atadi va 19 yoshli yigit vafot etganini eslatdi.

Sobiq davlat rahbari Atambayevning fikriga koʻra, Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi hanuzgacha Jeenbekov tomonidan boshqarilmoqda.

Atambayev tarafdorlarini Ala-Too maydoniga borishga va provokatsiyalarga berilmaslikka chaqirdi.

Bugun Qirgʻiziston prezidenti mamlakatda favqulodda holat rejimini joriy qilgani maʼlum boʻldi. Prezident poytaxtga qoʻshin va harbiy texnika kiritish haqida buyruq berdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala