O‘zbekiston 19 davlatga 78 xil mahsulotni eksport qilish uchun ruxsatnomalar oldi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishGruzchiki rabotayut na sklade ovoshey i fruktov
Gruzchiki rabotayut na sklade ovoshey i fruktov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbirkorlarga mahsulotlarini xorij fitosanitariya talablariga muvofiqlashtirish uchun karantin inspektorlari biriktiriladi

TOShKENT, 9 okt - Sputnik. O‘zbekiston yangi eksport bozorlarini topishda dastlabki qadamlar tashlanganini e’lon qildi. Xususan, 19 davlatga 78 xil mahsulotni eksport qilish uchun ruxsatnomalar olingan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova ma’lum qildi.

Urojay chereshni i vishni - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bu yil 18 ta davlatga gilos eksport qildi

Xususan, ayni vaqtda Hindistonga 38 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportiga ruxsat olinib, yana 6 xil mahsulot uchun muzokaralar olib borilmoqda;

Yaponiyaga  58 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportiga ruxsat olinib, yana 6 xil mahsulot uchun muzokaralar olib borilmoqda;

Koreyaga  43 turdagi mahsulotlar eksportiga ruxsat olinib, yana 11 xil mahsulot uchun muzokaralar olib borilmoqda;

Filippinga 24 turdagi mahsulotlar eksportiga ruxsat olinib, yana 14 xil mahsulot uchun muzokaralar olib borilmoqda;

Isroilga 19 turdagi mahsulotlar eksportiga ruxsat olinib, yana 9 xil mahsulot uchun muzokaralar olib borilmoqda;

Chereshnya - Sputnik O‘zbekiston
Mazali gilos va uzum: O‘zbekiston mevalari dunyo bozorini zabt etmoqda – Bozorov

Tailandga 24 turdagi mahsulotlar eksportiga ruxsat olinib, yana 7 xil mahsulot uchun muzokaralar olib borilmoqda;

Iordaniyaga 28 turdagi mahsulotlar eksportiga ruxsat olinib, yana 10 xil mahsulot uchun muzokaralar olib borilmoqda;

Pokiston hamda Eronga 22 turdagi mahsulotlar eksportiga ruxsat olinib, yana 13 xil mahsulot uchun muzokaralar olib borilmoqda;

Bangladeshga 22 turdagi mahsulotlar eksportiga ruxsat olinib, yana 7 xil mahsulot uchun muzokaralar olib borilmoqda.

Shuningdek, "O‘zdavkarantin" inspeksiyasi va Xitoy Bosh bojxona ma’muriyati o‘rtasida kelishilgan "2019-2020 yillar davomida o‘simliklar karantini sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida" chora-tadbirlar dasturi asosida XXR Bojxona xizmatidan quyidagi 14 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish uchun fitosanitariya ruxsatnomalari olingan: gilos, qovun, anor, achchiq qalampir, dukkakli va donli mahsulotlar: yerong‘oq, mosh, loviya, kunjut, qobiqsiz grek yong‘og‘i, o‘rikning achchiq va shirin danaklari, mayiz, quritilgan o‘rik va quritilgan achchiq qalampir.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu plodoovoshnogo klastera - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Pop tumanidagi meva-sabzavotchilik klasteri faoliyati bilan tanishdi

Shuningdek, limon, uzum, olxo‘ri, nektarin, o‘rik, loviya, quritilgan qovun va o‘rik mahsulotlarni eksport qilish uchun Xitoy karantin xizmatining fitosanitariya ruxsatnomalarini olish bo‘yicha tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Yangi "O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati faoliyatini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaror loyihasida mahsulot yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda jahon standartlariga javob beradigan mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yish maqsadida quyidagi yangi mexanizmlar taklif qilinmoqda:

Aniqlangan zararli organizmlar va fitosanitar dala nazoratini o‘tkazish to‘g‘risida "O‘zdavkarantin" inspeksiyasiga ixtiyoriy murojaat qilgan va oqibatini bartaraf etgan shaxslar ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi;

2021 yil 1-oktabrga qadar o‘simliklar biolaboratoriyalari va o‘simliklar klinikalarining soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo‘yicha mavjud bo‘lgan qarzdorliklarini undirish to‘xtatiladi;

Festival dini - Kovun sayli v Gulistane - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya mashhur o‘zbek meva-sabzavotlari uchun QQSni pasaytirdi

tadbirkorlik subyektlariga mahsulotlarini xorijiy davlatlar fitosanitariya talablariga muvofiqlashtirish, maslahat berish
va amaliy yordam berish uchun karantin inspektorlari biriktiriladi;

Shuningdek, Davlat rahbari yirik ilmiy markaz tashkil etish taklifini ilgari surib, inspeksiya tizo‘imidagi karantin ilmiy markazi negizida davlat muassasasi shaklidagi O‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilishini hamda markaz tizimida zamonaviy laboratoriyalarga ega bo‘lgan Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali, Samarqand davlat universiteti va Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida mintaqaviy filiallari o‘z faoliyatini boshlaydi.

Ushbu markaz va uning filiallari nafakat inspeksiya xodimlarining malakasini oshirish, balki eksportbop mahsulot tayyorlovchi dehqon-fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlik subektlari hamda mahsulotlarni eksportga tayyorlovchi qadoqlash sexlarining mutaxassisislarini xalqaro fitosanitariya standartlari hamda importor davlatlar tomonidan dala,  bog‘, issiqxona va qadoqlash sexlariga  qo‘yilayotgan import fitosanitariya talablarini joylarda joriy etish bo‘yicha malakasini oshirib boradi. Shuningdek, sohada ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiradi.

Granat - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Qirg‘izistonga meva va sabzavotlar eksportini to‘xtatmaydi

O‘zbekistonda o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi sohada xalqaro standartlarni joriy etib, eksportga ko‘maklashish, xorijiy davlatlar bilan bitimlar tuzish, o‘simliklar klinikasi va biolaboratoriyalar tashkil qilish, shuningdek, amaliyotga ilm-fan yutuqlarini olib kirib, soxadagi ilmiy tadqiqotlarni xamda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada yangi bosqichga ko‘tarish belgilangan.

Inspeksiya O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha Xalqaro konvensiyaga  a’zo bo‘lib, qoidalarga mos ravishda  O‘zbekiston Respublikasining huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda majburiyatlarini samarali amalga oshirishda mas’ul vakolatli organ etib belgilangan.

Inspeksiya tomonidan sertifikatsiya hujjatlari uchun 6 xil qog‘oz   shaklidan voz kechilib, 1 ta elektron ariza berish tizimi joriy etilgan. Arizani ko‘rib chiqish muddatlari eksportda 10 kundan 1 kunga, importda 30 kundan 3 kunga qisqartirilgan.

Bu borada,  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda "e-Fitouz" avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilgan. Mazkur tizim o‘z o‘rnida "daladan eksportgacha"bo‘lgan zanjirni qamrab olib, eksport-import jarayonlarini tezlashtirishda qator qulayliklarni yaratadi. Xususan, Inspeksiya tomonidan berilayotgan ruxsatnoma va sertifikatlarni elektron tarzda taqdim etish va arizalarni qabul qilish orqali ma’lumotlarni yagona elektron bazaga yig‘ish amaliyoti tadbiq etiladi.

Yangiliklar lentasi
0