Jamiyat

Yangi tizim: Oʻzbekistonda ishsiz ayollar daftari shakllantiriladi

© FAOSelskiye jenщinы Uzbekistana
Selskiye jenщinы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston prezidenti raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida xotin-qizlar va yoshlar masalalari boʻyicha yangi ish tizimi joriy etilishi taʼkidlandi.

TOSHKENT, 9 okt - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini taʼminlash chora-tadbirlari muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

List bumagi v ruke - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
“Temir daftar” nima va u qanday shakllantiriladi – vazirlik izohi

Yigʻilishda xotin-qizlar va yoshlar masalalari boʻyicha yangi ish tizimi belgilandi, deb xabar qiladi prezident matbuot-xizmati.

Maʼlumki, Oʻzbekistonda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalar roʻyxati, yaʼni "temir daftar" tuzilgan edi. Endi xuddi shuningdek har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida "yoshlar daftari" va "ayollar daftari" shakllantiriladi. Bu roʻyxatlar "temir daftar"dan alohida boʻladi. Unga ijtimoiy, huquqiy, psixologik qoʻllab-quvvatlashga, bilim va kasb oʻrganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor boʻlgan ishsiz yoshlar va xotin-qizlar kiritiladi. Buning natijasida ular bilan tizimli, manzilli ish yoʻlga qoʻyiladi.

Mutasaddilarga ushbu tizimning namunaviy shaklini ishlab chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va har bir viloyatning bittadan shahar va tumanida, yaʼni 28 ta hududda sinovdan oʻtkazish vazifasi qoʻyildi.

Sotrudnik Byuro prinuditelnogo ispolneniya obxodit doljnikov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Namanganda MIB xodimlariga qarshilik bildirib, oʻziga oʻt qoʻygan yosh ayol vafot etdi

Sektor rahbarlari va mutasaddi idoralar vakillariga har bir mahalladagi holatni oʻrganish, yoshlar va ayollar bilan birma-bir muloqot qilib, ehtiyojlarini, qiziqishlarini aniqlash hamda shu asosda manzilli choralar koʻrish boʻyicha topshiriqlar berildi.

"Bundan keyin odamlarning uyiga borib, ishga muhtojlarni ishga joylashtirish tizimini yaratishimiz kerak. Endi qaysi joyda rahbarlar uyma-uy yurib, masalalarni hal qilsa, oʻsha joyda vaziyat oʻzgaradi. Eng asosiy maqsad – iqtisodiy barqarorlikdan natijadorlikka oʻtish", – dedi Mirziyoyev.

"Daftar"lar bilan ishlashda nodavlat notijorat tashkilotlar imkoniyatlaridan samarali foydalanish lozimligi qayd etildi. Ular bilan hamkorlikni kengaytirib, jazoni oʻtab qaytganlarning ijtimoiy moslashuvi, yoshlar va ayollarni psixologik qoʻllab-quvvatlash, ularni chet tillari va kasb-hunarga oʻqitish muhimligi aytildi.

Nasiliye v semye - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Senat: Samarqandda ayolni ayovsiz kaltaklanish holati nazoratga olindi

Bu ishlarga "Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot instituti, Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining salohiyati safarbar etiladi. Bundan tashqari, aholini tadbirkorlikka oʻqitish va mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishdan iborat kompleks dasturlarni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlarga yillik 4 foiz stavkada qarz mablagʻlari ajratiladi.

 

 

Hokimlarning ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari "yoshlar daftari" boʻyicha, mahalla va oila masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari "ayollar daftari" boʻyicha masʼulligi belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0