Muzokaralardan so‘ng 14 nafar o‘zbekistonlik Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishZarubejnie strani: Yujnaya Koreya
Zarubejnie strani: Yujnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koreya Respublikasida ishlash vaqtida mehnat ta’tili olib O‘zbekistonga kelgan ko‘plab fuqarolar pandemiya sababli mamlakatlar o‘rtasida aviaqatnovlarning vaqtincha to‘xtatilishi oqibatida ish joyiga qaytib keta olmayotgan edi.

TOShKENT, 10 okt - Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Koreyaning Inson resurslarini rivojlantirish xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ushbu fuqarolardan 14 nafari "Toshkent-Istanbul-Seul" tranzit aviareysi orqali uchib ketdi.

V Moskve startovali profkursi dlya migrantov iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda mehnat migrantlariga 10 million so‘mgacha mikroqarzlar beriladi

Joriy yil 8-oktabr kuni 22 nafar fuqaroning Koreya Respublikasi talabiga ko‘ra ushbu mamlakat elchixonasi tomonidan tavsiya qilingan "Korean No 1 Laboratory" xususiy tibbiyot muassasasidan koronavirus infeksiyasiga testdan o‘tishi tashkillashtirildi. Ulardan 8 tasida koronavirus infeksiyasi aniqlangani sababli Janubiy Koreyaga ketish uchun ruxsat berilmadi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, mazkur 14 nafar fuqaro 13-iyulda Janubiy Koreyadagi ish joyiga jo‘nab ketishi rejalashtirilgan bo‘lib, biroq O‘zbekiston Respublikasi hududidagi epidemiologik vaziyatni keskinlashganligi sababli qoldirilgan edi.

Pandemiya davrida Koreya Respublikasiga kirib borish uchun ruxsat olish rozilik bitimini to‘ldirishdan oldin karantinda saqlash joyini ish beruvchi bilan aniqlashtirish hamda rozilik bitimiga haqqoniy ma’lumotlarni kiritish, karantin joyi korxona joylashgan hududda bo‘lishi lozim. Ish beruvchining mehnat migrantini chaqirish haqidagi rozilik xati qo‘llab-quvvatlanadi.

Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga 15-dekabrgacha imtiyozlar beriladi

Noto‘g‘ri berilgan ma’lumotlar, O‘zbekistondagi turli to‘lovlardagi qarzdorliklar fuqaroning Koreya Respublikasiga kirib borolmasligiga hamda ushbu mamlakat hududiga kirish uchun taqiq qo‘yilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Koreya Respublikasida ishlash vaqtida mehnat ta’tili olib O‘zbekistonga kelgan ba’zi fuqarolar Turkiya va boshqa davlatlar orqali Koreya Respublikasidagi ish joyiga borishga harakat qilgan va ular ushbu davlat aeroportidan O‘zbekistonga qaytarilgan. Fuqarolardan ushbu holatga o‘xshash tavakkalchiliklarni qilmasliklarini maslahat beramiz.

Mazkur 14 nafar fuqaro Koreya Respublikasiga yetib borgach koronavirus infeksiyasi uchun yana test topshiradi. Test natijalari Koreya Respublikasiga ishlash uchun ketuvchilarning navbatdagi oqimiga ta’sir qilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0