Dunyoda

Tojikistonda prezident saylovlari boʻlib oʻtmoqda

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishUrna dlya golosovaniya na odnom iz izbiratelnыx uchastkov v Tadjikistane. Arxivnoye foto
Urna dlya golosovaniya na odnom iz izbiratelnыx uchastkov v Tadjikistane. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Mustaqil Tojikiston tarixida oltinchi prezident saylovlariga ovoz berish boshlandi. Prezident kursisi uchun 5 kishi kurash olib bormoqda.

TOSHKENT, 11 okt — Sputnik. Bugun, 11 oktyabr kuni, mustaqil Tojikiston tarixida oltinchi prezident saylovlariga ovoz berish boshlandi.

Sputnik Tojikiston xabariga koʻra, respublika hududida jami 3 414 ta saylov uchastkalari ochilgan. Ular mahalliy vaqt bilan 20:00 da yopiladi.

© Sputnik / Amir IsayevVыborы prezidenta Tadjikistana
Tojikistonda prezident saylovlari boʻlib oʻtmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Vыborы prezidenta Tadjikistana

Bundan tashqari, 29 ta xorijiy mamlakatda 39 ta saylov uchastkalari ochilgan. Rossiyada ovoz berish beshta shaharda – Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Ufa va Yekaterinburgda boʻlib oʻtadi.

Bu yil mamlakat prezidenti lavozimiga 5 nafar nomzod daʼvogarlik qilmoqda: Mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi va respublika Yoshlar ittifoqi, Xalq demokratik partiyasidan Emomali Rahmon, Agrar partiyasidan Rustam Latifzoda, Sotsialistik partiyasidan Abduhalim Gʻafforov, Tojikiston Iqtisodiy islohotlar partiyasidan Rustam Rahmatzoda va Kommunistik partiyadan Miroj Abdulloyev.

© Sputnik / Fotobankka oʻtishTojikiston prezidentligiga nomzodlar
Tojikistonda prezident saylovlari boʻlib oʻtmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikiston prezidentligiga nomzodlar

Saylovlarda gʻalaba qozonish uchun saylovchilarning kamida 50 foizining ovozini toʻplash kerak. Bunda saylovlardagi ishtirok 50 foizdan kam boʻlmasligi lozim. 1994 yildan boshlab barcha saylovlarda amaldagi davlat rahbari Emomali Rahmon gʻolib boʻlgan. Prezident yashirin ovoz berish yoʻli bilan yetti yilga saylanadi.

Yangiliklar lentasi
0