Akademik litseylarda 15-oktabrdan an’anaviy darslar boshlanadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishOtkritie novoy shkoli v Novosibirske
Otkritie novoy shkoli v Novosibirske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, ta’lim muassasasiga o‘quvchilarning an’anaviy tarzda kelib o‘qishlari majburiy hisoblanmaydi.

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Joriy yil  15-oktabrdan oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarda 2020-2021 o‘quv yili an’anaviy tarzda boshlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Vozdushnie shari na prazdnichnoy lineyke v moskovskoy obsheobrazovatelnoy shkole No117 v Den znaniy. - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahrida yana 276 ta maktabda an’anaviy darslar yo‘lga qo‘yiladi

Bunda SanPiN talablari bajarilgan taqdirda va ota-onalar hamda deputatlardan ijobiy xulosa berilgandan so‘ng akademik litseylarda o‘quv jarayonini boshlashga tayyorligi haqida hududiy ishchi guruhlarning xulosasi olinadi.

Yangi o‘quv yilini an’anaviy tarzda boshlashga tayyor bo‘lgan akademik litseylarda o‘quv jarayonini boshlash masalasi tuman (shahar) xalq deputatlari kengashi muhokamasidan o‘tkaziladi.

Shuningdek, o‘quv jarayonlarini boshlash muddati va shaklini belgilash maqsadida ota-onalarning fikrini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkaziladi.

Ta’lim muassasasiga o‘quvchilarning  an’anaviy tarzda kelib o‘qishlari majburiy hisoblanmaydi.

Karantin talablaridan kelib chiqib, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar turar joylari hamda oshxona/bufetlar faoliyat yuritmaydi.

Yangiliklar lentasi
0