Mirziyoyev Sirdaryodagi yangi uylarni borib ko‘rdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tabiiy ofatdan so‘ng Sardoba tumani “Do‘stlik” mahallasida 37 ta, Mirzaobod tumani “Haqiqat” mahallasida 40 ta hamda “Navbahor” mahallasida 9 ta uy-joy qurildi.

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida tabiiy-texnogen ofatlar ro‘y bergandan keyin u yerdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida viloyatga keldi.

Sardoba suv ombori to‘g‘onining yorilishi oqibatida 2 ming 211 ta xonadon yaroqsiz va 2 ming 499 tasi ta’mirtalab holatga kelib qolgan edi. Davlat rahbari o‘shanda bu ahvolni ko‘rib, vayron bo‘lgan mahallalarni nafaqat oldingi holatiga qaytarish, balki undan-da yaxshi qilish, hammaning havasi keladigan maskanga aylantirishga va’da bergan edi.

Shu maqsadda uchta hudud tanlanib, 50 gektar maydonda 86 ta 5 qavatli uy-joy barpo etildi. Xususan, Sardoba tumani “Do‘stlik” mahallasida 37 ta, Mirzaobod tumani “Haqiqat” mahallasida 40 ta hamda “Navbahor” mahallasida 9 ta uy-joy qurildi. Ularda jami 2 ming 640 xonadon bor.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast
Mirziyoyev Sirdaryodagi yangi uylarni borib ko‘rdi - Sputnik O‘zbekiston
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast

“Sovuq kunlarga qoldirmasdan, oilalarni uy bilan ta’minlashga erishdik. Eng katta masala - odamlarning ko‘nglidagi g‘ashlik ketdi, ular rozi bo‘ldi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ilgari bu joylardagi ko‘p uylarda tabiiy gaz yo‘q edi. Endi gaz, suv, elektr energiyasi va boshqa kommunikatsiyalar bilan ta’minlangan. Yana bir muhim tomoni – yangi uy egalarining avvalgi hovlilari ham o‘zlarida qoldi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast
Mirziyoyev Sirdaryodagi yangi uylarni borib ko‘rdi - Sputnik O‘zbekiston
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast

Davlat rahbari o‘sha qiyin kunlarda butun xalq jipslashib harakat qilganiga katta e’tibor qaratdi.

“Butun mamlakatimizdan mutaxassislar keldi. Bu yerda Qoraqalpog‘iston va har bir viloyatning o‘z ko‘chasi bor. Qudratimiz borligiga, birlashsak, mehrli bo‘lsak, ko‘p ishlarni amalga oshirishimizga hamma inondi”, - deya ta’kidladi prezident.

Ko‘p qavatli uylar shinam, hovlilari obod. Bu mahalla “Yangi O‘zbekiston” deb nomlangan.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast
Mirziyoyev Sirdaryodagi yangi uylarni borib ko‘rdi - Sputnik O‘zbekiston
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast

“Yangi O‘zbekiston” deyilganida ham ma’no bor. Agar xalqimizga ma’qul bo‘lsa, bunday uylarni boshqa hududlarda, aholi zich shaharlarda ham quramiz. Har bir mavze yonida ish o‘rinlari ham tashkil etamiz. Umuman olganda, qurish va yashash madaniyatimiz o‘zgarishi kerak, - dedi prezident.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast
Mirziyoyev Sirdaryodagi yangi uylarni borib ko‘rdi - Sputnik O‘zbekiston
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast

Yangi mavzeda mahalla guzari, do‘kon, kutubxona, bolalar maydonchalari barpo etilgan. Uylarga xizmat ko‘rsatuvchi servis kompaniyasi tashkil qilingan.

Turar joylarni ekspluatatsiya qilish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yangiliklar lentasi
0