O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar 61,5 mingdan oshdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMeditsinskiy rabotnik
Meditsinskiy rabotnik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yetti hududda yana 115 kishida koronavirus aniqlandi. Bir kishi koronavirusdan vafot etdi. Jami qurbonlar soni 510 nafarga yetdi.

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 115 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 61 534 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning:

  • 55 nafari Toshkent shahrida;
  • 14 nafari Namangan viloyatida;
  • 13 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 10 nafari Jizzax viloyatida;
  • 10 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 4 nafari Navoiy viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 510 kishini tashkil etmoqda.

Shu paytga qadar 58 427 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2 597 nafar davolanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0