Yetti hududda yana 120 dan ziyod kishi koronavirus bilan kasallandi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishVrach brigadi skoroy meditsinskoy pomoshi
Vrach brigadi skoroy meditsinskoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 61 859 nafarga yetdi. Qurbonlar soni 512 kishini tashkil etmoqda.

TOShKENT, 14 okt — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 121 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 61 859 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning:

  • 64 nafari Toshkent shahrida;
  • 16 nafari Namangan viloyatida;
  • 11 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 11 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 8 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 6 nafari Samarqand viloyatida;
  • 5 nafari Xorazm viloyatida orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlari soni 512 kishini tashkil etmoqda.

Shu paytga qadar 58 763 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2 584 nafar bemor davolanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0