Siyosat

Abdulla Aripov Qirgʻizistonning yangi bosh vaziriga tabrik yoʻlladi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishNovoizbrannыy premyer-ministr Sadыr Japarov
Novoizbrannыy premyer-ministr Sadыr Japarov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Eslatib oʻtamiz, Qirgʻiziston parlamenti Sadir Japarov nomzodini kuni kecha bir ovozdan bosh vazir lavozimiga tasdiqlagan edi

TOSHKENT, 15 okt - Sputnik. Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Sadir Japarov nomiga Qirgʻiziston Bosh vaziri etib tayinlangani munosabati bilan tabrik yoʻlladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot xizmati xabar bergan.

Tabrik maktubida Qirgʻiziston Respublikasi Bosh vaziri Sadir Japarovga oʻzaro manfaatli hamkorlikni barcha yoʻnalishlarda kengaytirishiga, shuningdek, mamlakatlar va xalqlar manfaati uchun strategik sheriklikni yanada mustahkamlashiga umid bildirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Qirgʻiziston parlamenti Sadir Japarov nomzodini kuni kecha bir ovozdan bosh vazir lavozimiga tasdiqlagan edi.



Yangiliklar lentasi
0