COVID-19 dan qanday tez va oson qutulish mumkin – Sog‘liqni saqlash vaziri

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMinistr zdravooxraneniya Uzbekistana Alisher Shadmanov
Ministr zdravooxraneniya Uzbekistana Alisher Shadmanov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Alisher Shodmonovning so‘zlariga ko‘ra, hammani koronavirusdan zararlanganda qanday qilib undan tez va oson qutulish mumkin degan savol qiynamoqda.

TOShKENT, 15 okt — Sputnik. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Sirdaryo viloyati Oqoltin tuman hokimligida qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari shifokorlari, mahalla faollari va aholi vakillari bilan uchrashdi.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tadbirda aholini to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faoligini oshirish uchun qanday ishlarni amalga oshirish zarurligi, ushbu amallarning sog‘lom hayotga qaytarishdagi samarasi borasida so‘z bordi.

SSV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi kishilarning sog‘lig‘i, hayotiga xavf solayotgan bir paytda hammani virusdan zararlanganda qanday qilib undan tez va oson qutulish mumkin degan savol qiynamoqda.

“Muammoning yagona va eng samarali yechimi sog‘lom turmush tarziga amal qilishdir. Bu nafaqat virusdan himoyalanish, balki uzoq va baxtli hayot kechirishning ham eng asosiy qoidasi, talabi hisoblanadi. Kasallikning kuchli asoratlari va o‘lim holatlari asosan yurak qon-tomir kasalliklari, qandli diabet, o‘pkaning surunkali kasalliklari bo‘lgan yoki ortiqcha vaznga ega bo‘lgan, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilgan, kamharakat insonlarda uchramoqda. Shuni unutmasligimiz kerakki, kasallikning yengil kechishi yoshga bog‘liq emas, katta yoshda bo‘lsa ham  to‘g‘ri ovqatlanadigan, jismoniy faol bo‘lgan, semizligi va diabeti bo‘lmagan insonlarda kasallik ancha yengil kechadi”, - dedi Shodmonov.

Vazir sog‘lom turmush tarzining asosi esa, jismoniy faollik va to‘g‘ri ovqatlanish ekanini ta’kidladi.

Prodaja lekarstv v apteke - Sputnik O‘zbekiston
SSV COVID-19 ga qarshi qo‘llanayotgan dorilarning nojo‘ya ta’sirlaridan ogohlantirdi

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, inson kuniga 5-7 kilometr yursa, qon tomir kasalliklari, yurak xuruji, insult kabi xastaliklardan butunlay yiroq bo‘ladi. Ortiqcha vazn esa, kasalliklar uyasidir.

Ta’kidlanishicha, Oqoltin tajribasi asosida aholini ko‘proq yurishga, to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilishlariga odatlantiraladi. Avvalo, ularning jismoniy holatini aniqlab olish uchun aholi vakillarining bo‘yi, vazni, bel aylanasi o‘lchanib, tibbiy varaqalarida qayd etiladi. Har bir mahallada aniq belgilangan bir vaqtda o‘zaro masofa saqlagan holda keksayu yoshlarni yurish marofoniga chorlanadi. Odamlar buning foydasini tushunib yetgachgina har kuni uzoq masofaga yurish, to‘g‘ri ovqatlanishni odatga aylantiradi.

Shuningdek, mahallalar o‘rtasida “Eng sog‘lom mahalla”,  “Eng sog‘lom ko‘cha” tanlovlari o‘tkazilib, o‘z salomatligiga befarq bo‘lmagan fuqarolarga turli  rag‘batlantirish mukofotlari taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0