Prezident ishtirokida Xitoy va Koreyaga eksport masalasi muhokama qilindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xitoy va Koreya bilan savdo va investitsiyalar hamda Xitoy rahbarining bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

TOShKENT, 15 okt - Sputnik. Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda Xitoy va Koreya Respublikasiga eksport va investitsiyalar masalasi muhokama qilindi. Videoanjuman ko‘rinishida o‘tgan yig‘ilishda Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, hokimlar va O‘zbekistonning chet mamlakatlardagi elchilari ishtirok etishdi. 

Savdo 

2020 yilning 8 oyi mobaynida Xitoy bilan savdo aylanmasi 4 mlrd. dollarga, Janubiy Koreya bilan - 1,4 milliard dollarga yetgani qayd etildi.

Prezident ushbu davlatlar bilan mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayotgani qayd etdi. Xususan, Xitoyning ochiq iqtisodiy siyosati va mamlakatimizning qulay geografik joylashuvidan samarali foydalanish, Janubiy Koreya bozoriga yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlarni aviatransport orqali tashish muhimligi aytib o‘tildi.

2020 yilda ayrim sohalarda eksport ko‘rsatkichlari pasaygan. Jumladan, Xitoyga o‘tgan sakkiz oyda to‘qimachilik sohasida 42%, kimyo va neft-kimyo sanoatida 33%, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berishda 18%ga kamaygan.

Shu davrda Janubiy Koreyaga eksport bo‘yicha Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani aytib o‘tildi. Xususan, tarmoq va hudud rahbarlari eksportning ahamiyatini hanuzgacha chuqur tushunib yetmayotgani, ularning bu boradagi ish uslubi bugungi kun talabiga mutlaqo javob bermayotgani ko‘rsatib o‘tildi. 

– Har bir tarmoq va hudud rahbari o‘z mahsulotlarining raqobatdoshligini oshirish, tannarxini tushirish va ularni tashqi bozorlarga yetkazib berish bo‘yicha yangi, samarali takliflar ishlab chiqib, bu masalalar bilan doimiy shug‘ullanishi shart, – dedi Prezident.

Investitsiya 

XXR va Koreya Respublikasi mamlakatimizning yirik investorlari ham hisoblanadi. Xususan, oxirgi uch yilda Xitoydan 3,9 milliard, Janubiy Koreyadan 850 million dollar sarmoyalar o‘zlashtirilgan. Lekin ayrim investitsiya loyihalari ijrosi kechikmoqda.

Denejnie kupuri: yevro i dollari - Sputnik O‘zbekiston
Yarim yil davomida O‘zbekistonda qancha investitsiya o‘zlashtirildi

Yig‘ilishda shunday loyihalar tarmoq va viloyatlar kesimida tanqidiy muhokama qilindi. Muddatidan ortda qolayotgan yoki to‘xtab qolgan loyihalarni jadallashtirish va ishga tushirish choralari belgilandi.

Shu bilan birga, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Xitoy hamda Janubiy Koreyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalarni jalb qilishni ko‘zda tutuvchi yangi loyihalarni shakllantirish zarurligi qayd etildi. 

– Iqtisodiy barqarorlikning kafolati – eksport va investitsiya ko‘rsatkichlarini oshirish, – deya ta’kidladi Prezident.

Shuningdek, transport, sog‘liqni saqlash, madaniy-gumanitar sohalardagi loyihalarning borishi ham ko‘rib chiqildi.

Xitoy va Koreya rahbarlari bilan muloqot 

Ma’lumki Xitoy va Janubiy Koreya O‘zbekistonning strategik sheriklaridir. Ikki davlat bilan ham oliy darajadagi tashriflar doirasida keng ko‘lamli kelishuvlarga erishilgan, savdo, iqtisodiyot, investitsiya, gumanitar va boshqa sohalardagi loyihalarni qamrab olgan “yo‘l xaritasi” qabul qilingan.

Si Szinpin - Sputnik O‘zbekiston
Si Szinpin Mirziyoyevni tabrikladi

Lekin koronavirus pandemiyasi barcha mamlakatlar iqtisodiyoti uchun kutilmagan sinov bo‘ldi. Karantin cheklovlari tashqi savdo aloqalarining qisqarishiga, transport qatnovlari kamayishiga, investitsiya loyihalari kechikishiga olib kelmoqda.

Shavkat Mirziyoyev 6-oktabr kuni Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In bilan telefon orqali suhbatlashdi. Muloqotda qo‘shma dastur va loyihalarni tezlashtirish hamda ularni amalga oshirishda ko‘maklashish, kerak bo‘lsa, imtiyozli kreditlarni oshirish yuzasidan kelishib olindi. Yil oxiriga qadar davlat rahbarlari ishtirokida onlayn sammit o‘tkazilishi belgilandi.

Xitoy bilan ham aloqalar izchil rivojlanmoqda. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning mamlakatimizga bo‘lajak davlat tashrifiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0