Pulsiz qolishdi: slanes neftiga investitsiyalar minimumgacha quladi

© AP Photo/Keith SrakocicDobicha slansevoy nefti v SShA
Dobicha slansevoy nefti v SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Neft narxi tushishi, katta qarzlar va moliyalashtirishning yetishmasligi birin-ketin AQSh slanes sanoatida bankrotlikni keltirib chiqardi.

TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Natalya Dembinskaya. Neft narxi tushishi, katta qarzlar va moliyalashtirishning yetishmasligi birin-ketin AQSh slanes sanoatida bankrotlikni keltirib chiqardi. Lekin battari, aftidan, hali oldinda: sohaga investitsiya kiritilishi bu yil ikki baravarga qulashi mumkin. Nega AQShni neft qazib olishda yetakchilikka olib chiqqan slaneschilar bugun zo‘rg‘a kun ko‘rishmoqda – RIA Novosti materialida.

Past narxlar

Neft kotirovkalarining bahorgi qulashi avvalo AQShda burg‘ulash faolligini susaytirdi. Xomashyo deyarli 50 foizga arzonlashdi. Texasda bunga umuman tayyor emas ekanlar. Natijada “Parsley Energy” 150 ta quduqni yopdi, “Continental Resources” neft qazib olishni uchdan birga, “Texland Petroleum” esa to‘liq qisqartirdi.

Neftanaya kachalka - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Rossiyadan rekord miqdorda neft sotib oldi

Aprelda eng yirik slaneschilardan biri “Whiting Petroleum” bankrot bo‘ldi, ortidan xizmat ko‘rsatuvchi “Hornbeck Offshore Services” kompaniyasi. Mayda Kaliforniyaning “California Resources” va slanes giganti “Chesapeake Energy” investorlarga o‘z faoliyatini to‘xtatgani haqida ma’lum qildi. Tahlilchilar ogohlantirishdiki, bu tez orada sohani qamrab oluvchi bankrotliklar to‘lqinining boshlanishi. “Pickering Energy Partners” prognoziga ko‘ra, bu yil ushbu sektordagi qariyb 40 foiz kompaniyalar barbod bo‘lishi mumkin.

Hozirgi kotirovkalar avvalgidek slaneschilarga foyda olishga imkon bermayapti. Ularda mahsulot tannarxi barreliga 50-60 dollar. 40 yetarlicha emas. Soha ham investorlar uchun unchalik jozibali emas.

Xalqaro energetika agentligi (XEA) baholashiga ko‘ra, bu yil slanes qazib olishga investitsiya kiritish ikki baravardan ziyod – 45 milliard dollargacha qulaydi. 2019-yilda salkam 100 milliard edi.

XEA “World Energy Outlook” ma’ruzasida maksimum 2014-yilda bo‘lgani yodga olingan: 125 milliard. Bu o‘n yillikda 30 foizga kamayishi kutilmoqda – yiliga 85 milliard atrofida.

Neftanoy stanok-kachalka - Sputnik O‘zbekiston
“Neft asri tugayapti”: ekspertlar neft bozorini yana shokka tushirmoqda

“Rystad Energy” xalqaro konsalting agentligi prognozlariga ko‘ra – bu yil 67 milliard atrofida.

Achchiq umidsizlik

Ta’kidlash joizki, investorlar slaneschilarga nisbatan bugun sovugani yo‘q. 2018-yilning oxiridayoq investitsiyalar yetishmasligi tufayli aksariyat kompaniyalar budjetini milliardlarcha qisqartirishiga to‘g‘ri keldi. Hammasi juda oddiy: daromad yo‘q.

AQShning dunyodagi eng yirik neft ishlab chiqaruvchiga aylanishi aynan slaneschilarning xizmatidir. Ammo ular doimo yangi quduq qazishlari lozim, chunki qazish uchastkalari tez tugamoqda. Qarzga botishga to‘g‘ri keladi.

Investorlar slanes “o‘n yilligi” yakunlariga ko‘ra tushunishdi: bu biznes avvalgidek rentabellikdan yiroq, kompaniyalar hozirgacha chiqimga neft qazib olmoqda. 10-yil ichida sohaning 40 ta yetakchi vakillari ishlab olganga qaraganda 200 milliard ko‘proq sarflashdi.

Atigi bir nechtasi daromad ko‘radigan ahvolda, deya xulosa qiladi tahlilchilar. Minglab quduqlar slanes konlaridan investorlarga va’da qilganga qaraganda kamroq xomashyo qazib oladi. Natijada kompaniyalar aksiyalari sotilib ketadi. Muammolarni o‘yinchilarning o‘zi ham ko‘rapti. “Soha so‘nggi dekadada investorlarning ishonchini butkul yo‘qotdi”, - deya ta’kidlaydi Li Tilman, AQSh neftgaz “Marathon Oil” kompaniyasi bosh direktori. U mamlakatda qazib olish bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi.

Investorlar uchun slaneschilar “tirraqi buzoq” ekan, deya qayd etadi “FactSet” bozorda moliyaviy ma’lumotlarga ixtisoslashgan xalqaro kompaniya. 2007-yildan buyon amerika slanes ishlab chiqaruvchilari aksiyalari indeksi 31 foiz yo‘qotdi. Bu paytda esa S&P 500 80 foizga o‘sdi.

Slanesning qulashi yoki neft qazib olishda AQSh antirekordi

Jirkanch sir

XEA prognoziga ko‘ra, yil oxiriga kelib aynan AQSh dunyoda neft yetkazib berishni qisqartirishga eng katta hissani qo‘shadi. AQShning yettita asosiy slanes havzalarida - Perm, Igl-Ford, Bakken, Niobrom, Anadarks, Appalachi va Xaynesvillda neft qazib olish kuniga 7,632 million barrelgacha tushadi. Xususan, slanes ishlab chiqarishning yarmidan ko‘pini tashkil etadigan Perm havzasida 4,5 milliongacha, Igl-Fordda 1,3 milliongacha.

Istiqboldan butun Amerika neft sanoati pul tikkan texnologiyaning o‘zi mahrum qiladi. Investorlar sohasi yetakchilaridan birining so‘zlariga ko‘ra, qatlamni gidravlik usulda yorish mamlakatda uglevodorod zaxiralarni jiddiy qisqartirdi. Bu qazib olish va AQShning energetik mustaqilligini tiklash umidlarini ko‘madi.

“Quantum Energy Partners” xususiy investitsiya kompaniyasi Uil Vanlox tan oldiki,  qatlamni gidravlik yorishlar “Shimoliy Amerikada zaxiralarning katta qismini yo‘q qildi”.

“Bu slanesning jirkanch siri, - deya ma’lum qildi Vanlox “Financial Times” nashriga. Quduqlar tez-tez bir-biriga juda yaqin burg‘ulanishini ta’kidladi. – So‘nggi besh yilda faqat yer ostini bo‘shatdik”.

Dobicha nefti v SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Rossiyadan neft xarid qilishni taqiqlamoqchi

Yanada ko‘proq

“Financial Times”ning yozishicha, birinchi chorakda eng yirik mustaqil slanes kompaniyalari 26 millirad dollar miqdorda rekord darajadagi zararni qayd etgan. Muqarrarlikka – bankrotlikka hozirlanish darkor, deya ta’kidlaydi nashr.

Ustiga ustak 2016-yilgi neft inqiroziga qaraganda battarroq bo‘ladi. O‘shanda 70 ta kompaniya moliyaviy qurbi yetmaslik to‘g‘risida e’lon qilgan edi, ammo ular kichik edi va o‘zlaridan keyin umumiy hisobda 56 milliard dollar qarz qoldirishdi. Endi esa gigantlari qulamoqda. Iyun oyida o‘yindan yana bir eng yirik slanes ishlab chiqaruvchi “Extraction Oil & Gas” chiqdi.

“Haynes and Boone” yuridik firma ma’lumotlariga ko‘ra, sakkiz oy ichida 51 millirad dollarli qarz bilan 36 ta firma bankrotlik to‘g‘risida ariza topshirgan. 25 ta yirik kompaniyaning umumiy qarzi esa 150 milliard.

Tahlilchilar prognozlariga ko‘ra, kelgusi yil oxiriga qadar 250 ta kompaniya sinadi, agar neft narxi kerakli darajagacha ko‘tarilmasa. Lekin pandemiya yana avj olmoqda, bu talab tushishidan darak beradi. “Deloitte” konsalting auditor kompaniyasining yaqindagi tadqiqotlariga ko‘ra, AQShdagi uchdan bir slanes ishlab chiqaruvchilar allaqachon to‘lashga qodir emas.

Yangiliklar lentasi
0