Jamiyat

Toshkent viloyatidan Samarqandga yangi avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi

© Press-slujba Mintrans UzbekistanaS 15 oktyabrya nachal kursirovat novoye regulyarnoye avtobusnoye soobщeniye po marshrutu “Angren – Almalыk – Samarkand”.
S 15 oktyabrya nachal kursirovat novoye regulyarnoye avtobusnoye soobщeniye po marshrutu “Angren – Almalыk – Samarkand”. - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Angren – Olmaliq – Samarqand yoʻnalishidagi ilk avtobus soat 9:00 da Angren avtostantsiyasidan harakatlanishni boshladi.

TOSHKENT, 15 okt — Sputnik. Bugun, 15 oktyabr kunidan Angren – Olmaliq – Samarqand yoʻnalishida muntazam avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Angren – Olmaliq – Samarqand yoʻnalishidagi ilk avtobus soat 9:00 da Angren  avtostantsiyasidan harakatlanishni boshladi. Soat 10:00 da esa avtobus Olmaliq avtostantsiyasidan Samarqand shahri tomon yoʻlga chiqdi. Qatnov Bekobod shahri orqali amalga oshiriladi.

Angrendan Samarqandgacha yoʻlkira narxi 50 000 soʻm etib belgilangan. Olmaliqdan Samarqadgacha esa 45 000 soʻm.

Yangiliklar lentasi
0