Jeenbekov yangi parlament saylovlariga qadar iste’foga chiqishdan bosh tortdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPrezident Kirgizstana Sooronbay Jeenbekov
Prezident Kirgizstana Sooronbay Jeenbekov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston prezidenti 14-oktabr kuni yangi bosh vazir Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda “bosh vazir o‘z talabini ma’lum qildi: prezident bugun kechqurun iste’foga chiqishi shart”.

TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov faqat yangi parlament parlament saylovlaridan keyin iste’foga chiqadi. Bu haqda uning matbuot kotibi Tolgonay Stamaliyeva ma’lum qildi.

14 oktabr kuni davlat rahbari respublikaning yangi bosh vaziri Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda “bosh vazir o‘z talabini ma’lum qildi: prezident bugun kechqurun iste’foga chiqishi shart”.

“Sooronbay Jeenbekov yana bir bor ta’kidladiki, hozir prezident lavozimini tark etishga haqqi yo‘q, chunki bu davlatga zarar keltiruvchi voqealarning kutilmagan rivojlanishi ssenariysiga olib keladi”, - dedi Stamaliyeva. Uning so‘zlaridan Sputnik Qirg‘iziston iqtibos keltirgan.

Premyer-ministr Sadir Japarov vo vremya vstrechi s prezidentom KR Sooronbayem Jeenbekovim. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Japarov Jeenbekov bilan uning iste’fosi to‘g‘risida muzokara o‘tkazmoqda

Uning so‘zlariga ko‘ra, Jeenbekov u 2020-yil 9-oktabr kuni ma’lum qilgan pozitsiyasiga sodiq qolishini eslatib o‘tgan: “mamlakatda qonunchilik barqaror topgandan so‘ng iste’fo beradi.

“Prezidentning hech bir bayonotida va davlat rahbari matbuot xizmatining xabarlarida aniq sana va lavozimdan ketish kuni ko‘rsatilmagan”, - deya qo‘shimcha qildi mamlakat prezidenti matbuot kotibi.

5 oktabr kuni Bishkekda respublika parlamentiga o‘ta olmagan partiyalar tarafdorlarining norozilik namoyishlari boshlandi. Ular parlament saylovlari yakunlarini bekor qilishni va takroriy ovoz berish o‘tkazilishi talabini ilgari surdilar. O‘sha kuni kechqurun mitingni tarqatishga urinish vaqtida norozilik aksiyasi namoyishchilari va kuch tuzilmalari o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi. Natijada 6-oktabr kuni parlament saylovlari natijalari haqiqiy emas deb topildi.

Namoyishlar ortidan mamlakat bosh vaziri Kubatbek Boronov iste’foga chiqdi. 14 oktabr kuni Qirg‘iziston parlamenti Sadir Japarov nomzodini bir ovozdan bosh vazir lavozimiga tasdiqladi. Shuningdek, deputatlar hukumat tarkibi, tuzilishi va dasturini ma’qulladi. Respublika prezidenti Sooronbay Jeenbekov Japarov boshchiligidagi Hukumatning yangi tarkibini tayinlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.

Yangiliklar lentasi
0